5. Temir (III) xlorid eritmasidan 5-6 tomchisi shuncha miqdor Na2S2O3 eritmasiga qo'shilganda, kompleks birikma hosil bo'lishi natijasida eritma o'q binafsha rangga kiradi. Qisqa vaqt ichida Fe+3
ning Fe2+gacha qaytarilishi eritmaning rangsizlanishiga olib keladi:
Na2S2O3 + FeCl3 Na[Fe(S2O3)2] +3NaCl
Na[Fe(S2O3)2] Na+ + Fe2+ + S4O62-
Mis (II) ioni reaksiyaga katalitik ta'sir etib, tezlikni shuncha oshiradiki, to'q binafsha rangning paydo bo'lishi salgina seziladi.
6. Kaliy permanganat kislotali muhitda tiosulfatni oksidlab, o'zi Mn2+ (eritmaning rangsizlanishi)gacha, ishqoriy muhitda MnO(OH)2 (qo'ng'ir clio'kma tushishi)gacha qaytariladi.
7. Simob (II) xlorid tiosulfatning neytral erilmasi bilan KC1 ning mayda kukuni ishtirokida ta'sirlashib, ko'k lakmus qog'ozini qizarliradi:
S2O32- + HgCl2 + H2OSO42- + HgS + 2H+ + 2Cl-
Reaksiyani o'tkazish uchun KCl qo'shilmasa, HgCl2 gidrolizlanib, erkin kislota hosil qiladi:
HgCl2+ HOH « HgOHCl + HC1
KC1 qo'shilganda, u HgCl2 ni kompleksga bog'lab, HgCl2 ning gidrolizlanishiga yo'l qo'ymaydi:
2KCl + HgCl2 K2[HgCl4]
Bu reaksiya ham sulfit ion ishlirokida tiosulfatni topishiga imkon beradi.
6.4. Karbonat anionining reaksiyalari
Karbonat ion kuchsiz va beqaror karbonat kislotaning anioni bo'lib, uning ko'pchilik tuzlari suvda kam eriydi. Ishqoriy melallar (litiydan tashqari) va ammoniy karbonatlari suvda yaxshi eriydi. Uning suvli eritmalari ishqoriy muhitga ega, rangsiz.
1. Kislotalar karbonat tuzlari bilan ta'sirlashganda, ularni parchalab, eritadi:
Na3CO3 + 2HC1CO2 + 2NaCl + H2O
CO32-+2H+ CO2+ H2O
Dostları ilə paylaş: |