3. Xromatni dixromat ishtirokida topish. Neytral mihitda xromat ion yodid ion bilan ta'sirlashmaydi. Yodid ion faqat kislotali muhitda xromat ta'siridan oksidlanadi. Dixromat gidroliz tufayli eritmada kislotali muhitga ega bo`ladi:
Cr2O72- + HOH 2CrO42- + 2H+ Dixromat ion o`z eritmalaridii ana shu erkin vodorod ionining bo`lishi tufayli yodid ion bilan ta'sirlashadi:
Cr2O72-- + 6J- + 14H+2Cr3+ + 3J2 + 7H2O
Agar tekshiriladigan eritmada dixromat bo`lmasa, xromat neytral eritmada yodid bilan ta'sirlashmaydi. Agar yod ajralib chiqsa, xromat dixromat bilan ifloslangan bo`ladi.
6.7. Oksalat anionining reaksiyalari Oksalat ion ikki negizli oksalat kislota (Ka1=5,610 -2; Ka2=5,410-4) anioni bo`lib, uning ko`pchilik tuzlari suvda erimaydi, kaliyli, natriyli va ammoniyli tuzlari suvda yaxshi eriydi. Oksalat kislota va oksalat ioni komplekslar hosil bo`lishida qatnashadi.
1. Sulfat kislotaning oksalat tuzlariga ta'siridan hosil bo`ladigan oksalat kistota parchalanib, CO2 va CO gazlarini chiqaradi, Oksalat kislota kristallanganda H2C2O42H,O kristallogidrat shaklida bo`ladi. Konsentrlangan H2SO4 000oksalat kislota bilan qizdirilganda, undan krislallizatsiya suvini tortib oladi va teng hajmda CO2 va CO ni ajratib chiqaradi:
H2C2O4H2O+ CO2 +CO 2. Kaliy permanganat eritmasi probirkadagi 3-4 tomchi (NH4)2C2O4 eritmasiga 4-5 tomchi H2SO4qo'shib, eritma 60-70C gacha qizdiriigandan so`ng tomchilatib quyilsa, C2O4-2 oksidlanib CO2 ga aylanadi:
5(N H4)2C2O4+ 2KMnO4+8H2SO42M nSO4+ K 2SO4+ 5(N H4)2SO4+10CO2+8H2O
5C2O42- + 2MnO4--+ 16H+ 2Mn2+ + 10CO2+8H2O
KMnO4 eritmada Mn2+ ionigacha qaytarilgani uchun eritmaning rangsizlanishi analitik reaksiyaning tugaganidan dalolat beradi.