3. Dixromat ionni topish va ajratish uchun 2-eritma biroz bug`latiladi va unga eritmaning kislotaligini kamaytirish uchun bir necha tomchi natriy atsetat eritmasi qo`shiiladi. Cr2O72- ishtirokida eritmaning qizg`ish rangi sariqqa o`zgaradi va sariq rangli BaCrO4 cho`kadi. Shunday qilib. Cr2O72-ion BaCrO4 shaklida cho`kmada (3-cho`kma), qolgan anionlar eritmada (3-erinna) bo`ladi. Agar cho`kma birdaniga tushmasa, yana 1-2 tornchi BaCl2 eritmasi tomiziladi. Agar bunda ham cho`kma tushmasa, eritmada Cr2O72-ion bo`lmaydi. Agar 3-cho`kma tushgan bo`lsa, u kislotada eritilib, Cr2O72- ionning borligi qo`shimcha (6.7) tekshiriladi.
4. Arsenat va fosfatlarni cho`ktirish uchun 3-eritmaga MgCl2+NH4OH+ NH4Cl qo`shiladi. Bunda cho`kmaga MgNH4PO4va MgNH4AsO4 tushadi (4-cho'kma), eritmada borat, magniy, ammoniy ionlari va ammiak (4-eritma) qoladi. Agar cho`kma tushmasa, eritmada arsenat va fosfat ionlar bo`lmaydi. Cho`kmna sentrifugalab ajratiladi.
5. Arsenat ionini ajratish va topish uchun 4-cho'kma ammiakning suyultirilgan eritmasi bilan yuviladi va konsentrlangan xlorid kislotada eritiladi. So`ngra undan vodorod sulfid o`tkazilsa, As2S5 (5-cho`kma cho`kadi. Eritmada H+, NH4+, Mg2+, Cl- ionlari, H3PO4 va H2S (5-eritma)qoladi. 5-cho'kma tarkibida oltingugurt ham bo`lishi mumkin. 5-cho`kma ajratilgandan so`ng astoydil yuviladi va nitrat kislotada eritilib, undan mishyak (4.6) tekshiriladi.
6. Fosfat ionini topish uchun 5-eritmaga nitrat kislota qo`shib, xloridlar va sulfidlarni chiqarib yuborish uchun qariyb quriguncha bug`latiladi. Qoldiq yana nitrat kislotada eritilib, yana quriguncha bug`latiladi. Ana shu ikki martalik ishlovdan keyin quruq qoldiq nitrat kislotada eritiladi va ajralib chiqqan oltingugurt filtrlanadi. Filtratdan ammoniy molibdat ta'siridan fosfat ion (6.6) topiladi (sariq cho`kma). 5-eritmani nitrat kislota bilan ikki karra ishlashning o`rniga vodorod siilfidni yo`qotish uchun qaynatishdan foydalanish ham mumkin. Vodorod sulfid to`liq haydab chiqarilgandan so`ng eritmaga ammiak qo`shiladi. Bunda oq MgNH4PO4 cho`kmasi tnshadi.