10. Tiosulfat ionini topish uchun neytral 6-eritmaga yod erilmasi qo`shiladi. Yod rangining yo`qolishi tiosulfat borligini ko`rsatadi. Eritmada boshqa oksidlovchi va qaytaruvchilar bo`lmasligi kerak. Sulfit ion esa to`la cho`ktirilib, ajratilgan bo`lishi kerak. 6-eritmaga xlorid kislota qo`shib, qizdirganda oltingugurtning cho`kishi va sulfit angidrid gazining ajralishi (hididan bilinadi) ham tiosulfat mavjudligidan dalolat beradi.
Ikkinchi analitik gruppa anionlari aralashmasining analiz sxemasi 6.1-jadvalda keltirilgan.
Nazorat savollari:
1. II guruh anionlarning sifat reaksiyalari qanday bajariladi?
2. Tiosulfat anionini topish qanday amalga oshiriladi?
3.Guruh reagenti qanday hollarda ishlatiladi?
Foydalanilgan adabiyotlar: 1.M.S.Mirkomilova “Analitik kimyo” Toshkent-«O`zbekiston» 2003y
2.K.R.Rasulov “Analitik kimyo” G`.G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent-2004 yil
3.V.N. Alekseev. “Yarim mikrometod bilan kimyoviy sifat analiz kursi”
4.O. Fayzullayev. “Analitik kimyo asoslari” A. Qodiriy nomidagi “Xalq merosi” nashriyoti-2003y.
14- laboratoriya ishi I va II guruh anionlari aralashmasining analizi tartibi Ajratilgan vaqt - 6 soat
Ishdan maqsad: I va II guruh anionlari aralashmasining analizi tartibini o`rganishdan iborat. Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, kolba, suv hammomi, shtativ, gaz gorelkasi, sentrafuga, asbest, distirlangan suv, probirkalar; H2SO4, I va II guruh anionlarining reagentlari.
Identiv o`quv maqsadi: 1. Talaba I va II guruh anionlarining xususiy reaksiyalarini tushunib
bajaradi va sistematik analizda bu ikki guruh anionlarini bir-biridan
bemalol ajrata oladi.
2. I va II guruh anionlari aralashmasini laboratoriya sharoitida
mustaqil tahlil qila oladi.