Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Silikat ionini lopish va ajratishda



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə127/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135
12 Cифat анализ

1.Silikat ionini lopish va ajratishda Lckshiriladigan eritmaning chinni kosachadagi bir qismiga xlorid kislota va ammoniy xlorid qo`shib, quriguncha bug`latiladi. Bunda sulfit, tiosulfat va karbonat kislotalar parchalanadi. Quruq qoldiq 2 N HCl bilan ishlangandan so`ng cho`kmada H2SiO3 va S (l-cho`kma), eritmada esa sulfat. digidrofosfat. dixromat, digidroarsenat, xlorid ionlari va arsenit hamda borat kislotalar (1-eritma) qoladi.
Chinni kosachadagi quruq qoldiqqa yana xlorid kislola va suv quyganda silikat kislotaning jelatinasimon cho`kma hosil bo`lgani ko`rinadi. Cho`kma so`rg`ichli qurilmaga o`rnatilgan voronkaga o`tkaziladi va filtrlangandan so`ng HCl qo`shilgan suv bilan yuviladi. Filtrat va yuvindi suvlar yig`iladi. Cho`kmaning silikat kislotaga tegishli ekanligi kremniy ftorid hosil qilish, ammoniy molibdat va benzidin ta'siri va boshqa rcaksiyalar (6.9) yordamida tekshirib ko`riladi.
2. Sulfat ionini topish va ajratish uchun 1-eritmaga kislotali muhitli BaCl2 eritmasi qo`shiladi. Bunda sulfat iondan boshqa anionlar cho`kmaydi. BaCl2 keyingi tekshirishlarga xalaqit bermasligi uchun 1-eritmaga uning faqat 1-2 tomchisi tomizilib, sulfat ion borligi tekshirib ko`riladi. Agar shunda cho`kma hosil bo`lmasa, boshqa BaCl2 qo'shilmaydi. Agar cho`kma tushsa, 1-eritmaning bir qismiga BaCl2 qo`shib sulfat cho`ktiriladi va uning to`la cho`kishi tekshirib ko`riladi. BaCl2 ning ozgina ortiqchasi ziyon keltirmaydi. Shundan keyin olingan aralaslimaga qolgan 1-eritmadan 0.5 ml qo`shiladi. Shu tariqa BaSO4 ning qariyb to`la cho`kishiga va BaCl2 ning ortiqchasini yo`qotishga erishish mumkin.
Aralashmani qizdirib, sentrifugalab ajratganda, cho`kmada BaSO4 (2-cho'kma), eritmada esa H2PO4-, Cr2O72-, H2AsO4-, Cl-, Ba2+, arsenit va borat kislotalar (2-eritma) qoladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin