6.10. Ftorid anionining reaksiyalari Ftorid ion ftorid kislotaning anioni bo`lib, ko`pgina ftoridlar, shu jumladan. kumush ftorid suvda yaxshi eriydi. Ishqoriy-er metallari, qo`rg`oshin, alyuminiyning tabiiy ftoridlari va litiy ftorid suvda yomon eriydi. Erimaydigan floridlarni eruvchan holatga o`tkazish uchun soda va SiO2 bilan suyuqlantirib yaxlitlash kerak bo`ladi. Ftoridlar ko`plab komplekslar hosil qiladi: [SiF6]2-, [A1F6]3-, [FeF6]3-, [BeF4]2-, [ZrF6]2-, [BF4]-, [TiF6]2- va boshqa. Ftoridlar va plavik kislota bilan ishlaganda HF ning shisha bilan ta'sirlashishini hisobga olib, isitish bilan bog`liq bo`lmagan reaksiyalarni polietilen probirkalarda o`tkazish tavsiya qilinadi.
1. Kalsiy xlorid eritmasining 3-4 tomchisi 2-3 tomchi NaF eritmasiga tomizilganda, mineral kislotalarda qiyin eriydigan va sirka kislotada erimaydigan oq CaF2 cho`kma hosil bo`ladi:
2NaF + CaCl2 CaF2 + 2NaCl
2F-+Ca2+CaF2
2.Konsentriangan sulfat kislotaeritmasining quruq ftoridga ta'siridan hosil bo`lgan HF probirka tarkibidagi silikat bila ta'sirlashib, SiF4 ni, SiF4 esa suv bilan H3SiO3 loyqasini hosil qiladi:
CaF2+ H2SO4CaSO4+ 2HF
Na2SiO3CaSiO34SiO2+ 28HF Na2SiF6 + CaSiF6 + 4SiF4+14H2O
SiF4+3H2OH2SiO3+ 4HF
Reaksiyani bajarishuchun quruq probirkaga CaF2 ning quruq tuzidan moshdek bo`lagi solinib, ustiga 2-3 tomchi konsentrlangan H2SO4 tomiziladi.
Ushbu reaksiya F- uchun eng xarakterli reaksiyadir.