3. Anionlar aralashmasining sistematik analizi. Tekshiriladigan eritmaning bir ulushiga pH-9-10 bo`lganda oq cho`kma ajralishi tugaguncha to`yingan kalsiy atsetat eritmasidan tomchilab qo`shiladi. Probirka devoriga shisha tayoqchani ishqalash cho`kma tushishini tezlastitiradi. Cho`kma sentrifugalab ajratiladi. Cho`kmada CaCO3, CaSO4, Ca3(PO4)2, Ca3(AsO4)2, CaSiO3, Ca(BO2)2, CaC2O4(l-cho`kma), eritmada esa CrO42-, SO42-, S2-, S2O32-, Cl-, Br-, J-, NO3-, NO2-, CH3COO- (l-eritma) bo`ladi.
1. SO32-, SiO32-, C2O42-, PO43-, AsO43- va AsO43-ionlarni topishucluin 1-cho'kma 2-3 marta distillangan suv bilan yuvilgandan so`ng 2 N HCl eritmasida qizdirib eritiladi. Bunda SO32- ion ishtirokida SO2 (6.3. bo'yicha tekshiriladi) gazi ajraladi. Agar 1-cho'kma xlorid kislotada to`liq erimasa, bu unda silikat kislota (2-cho'kma) borligidan darak beradi. 2-cho'kma sentrifugalab ajratiladi. distillangan suv bilan yuvilgandan so`ng tekshiriladi (6.8). 2-cho`kma ajratilgandan keyin qolgan eritmadan (2-eritma) oksalat ion (6.7) topiladi, Oksalat ion bo`lsa, 2-eritmaga natriy atsetat qo`shiladi. Oksalat ion bo`lmasa, 2-eritmaga natriy atsetat bilan birga ammoniy oksalat ham qo`shiladi. Bunda kalsiy oksalat cho`kadi (3-cho'kma). Kalsiy oksalat ajratilgandan keyin qolgan eritma (3-eritma) 6.12-band 3-bandchasining 4-6-satrlarida ko'rsatilgan tartibda tekshiriladi.