Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə133/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
12 Cифat анализ

2. SO42- va CrO42- ionlarini topish uchun 1-eritmadan tegishli reaksiyalar (6.2. va 6.6.) qilinadi.
3. S2-, S2O32-, J-, Cl-, Br- ionlarini topish uchun 1-eritmadan foydalaniladi. S2- va S2O32- ionlarini topishga CrO42- ion xalaqit beradi. Shuning uchun u Ba(NO3)3 ta'sirida 1-eritmadan to'liq ajratilishi kerak. Bunda eritmadagi sulfat va xromat ionlar cho'kmaga (4-cho'kma-tashlab yuboriladi) tushadi. Eritmada S2-, S2O32-, Cl-, Br-, J-, NO2- NO3-, CH3COO-, (4-eritma) ionlar qoladi. Mikroprobirkadagi 4-eritmaga biror rux tuzining ammiakdagi bir tomchi eritmasi qo'shiladi, Bunda sulfid ion ishlirokida ZnS (oq) cho'kadi. Sulfid ion borligi aniqlangandan so'ng 4-eritmaning barchasiga tomchilab, ammiakli [2n(NH_,)J:+' erilmasi qo'shiladi va barcha sulfid ZnS shaklida (5-cho'kma) cho'ktiriladi. Cho'kma ajratilgandan so'ng eritmada S2O32-, J-, Cl-, Br-, NO2- NO3-, CH3COO- ionlar (5-eritma) qoladi. To'la cho'kish tekshirilib, cho'kma sentrifugalab ajratiladi va 6 N HC1 eritmasidan tomchilab qo'shib eritilgandan keyin sulfid ionga xos reaksiyalar (5.20) qilib ko'riladi.
5-eritmaning 2-3 tomchisi 6 N HC1 eritmasi yordamida kislotali muhitga keltirilgandan keyin 2-3 daqiqa suv hammomida qizdiriladi, oltingugurt va SO2 ajralishi tiosulfat borligidan darak beradi. Buni qo'shimcha tekshirish uchun 1-2 tomchi 5-eritmaga 2-3 tomchi 2 N HNO3, va AgNO3 qo'shiladi. Qorayadigan oq rangli cho'kmaning tushishi tiosulfat ion borligini tasdiqlaydi.
Yodid ioni NaNO2 ta'siridagi reaksiya yordamida (5.18) topiladi.
Tekshiriladigan eritmada tiosulfat va yodid ionlari bo'lsa, ularga 3 N HNO3 va to'yingan NaNO3 eritmasi ta'sir ettiriladi. Natijada yod, nitrat va sulfat hamda oltingugurt hosil bo'ladi. Oltingugurtni sentrifugalab ajratgandan keyin sentrifugatga kumush nitrat eritmasi tomchilab qo'shilsa, xlorid va bromid ionlar AgCl va AgBr (6-cho'kma) shaklida cho'kadi. Eritmada nitral va atsetat (6-eritma) qoladi. 6-cho'kmani sentrifngada ajratgandan so'ngdistillangan suv bilan ikki marta yuviladi va tekshiriladi (5.31).
4. NO2- NO3-, CH3COO- ionlarini topish uchun mikroprobirkaga 10-15 tomchi tekshiriladigan eritmaga, karbonat angidrid ajralib chiqishi to'xtagunga qadar 6 N CH3COOH dan qo'shing va cho'kma hosil bo'lishi tugaguncha kumush sulfat eritmasidan tomchilab tomizing. Bunda NO2- NO3-, CH3COO- anionlardan tashqari barcha anionlar cho'kadi. Cho'kmani sentrifugalab ajrating va sentrifugadan nitrit va nitrat ionlarini (5.31) toping. Eritmada ortib qolgan Ag+ ni 2 N NaOH eritmasi yordamida Ag2O cho'kmasi shaklida ajralib. laborantga topshiring. Filtratdan atsetat ionini (5.30) loping.
Birinchi va ikkinchi guruhlar anionlari aralashmasi analizining sxemasi 7.1-jadvalda keltirilgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin