Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Laboratoriya ishini bajarish tartibi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə131/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
12 Cифat анализ

Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Berilgan control aralashmada I guruh anionlari- Cl-, Br-, J-, S2-, CN-, SCN-, [Fe(CN)6]4-, [Fe(CN)6]3-, ClO3-, BrO3-, Se2-, Te2-, NO3-, NO2-, CH3COO- va II guruh anionlaridan F-, SO3-2, S2O3-2, CO32-, Cr2O72-, AsO33-, AsO43-, BO33-, BO2-, SiO3-2, C2O4-2, VO3-, MoO42-, WO4-2, GeO3-2, JO3-, JO4-, C4H4O62-, SiF62-, SeO3-2, SeO42-, TeO32-, TeO42- kabi anionlar bo`lishi mumkin.
Birinchi va ikkinch guruh anionlari aralashmasininc analizi
Birinchi va ikkinchi analitik gruppalar aralashmasini analiz qilganda ham analiz taxminiy sinashlardan boshlanadi.
1. Taxminiy sinashlar. Taxminiy sinashlar 6.13 kabi amalga oshiriladi.
2. Ayrim anionlarni topishda ular birikmalarining uchuvchan kislotalar hosil qilishidan foydalaniladi. Uchuvchan kislotalarning mavjudligini tekshirishda mikroprobirkaga 3-4 tomchi tekshiriladigan eritma va 3-4 tomchi 6 N H2SO4 eritmasi qo`shiladi. Natijada ayrim anionlar uchuvchan kislotalar hosil qiladi, bu kislotalarning ayrimlari beqaror bo`lganligi uchun parchalanib, parchalanish mahsulotlari holida chiqadi. Bunda ajralayotgan gazning tarkibida azot oksidlari (nitrit ion ishtiroki), oltingugurt (IV) oksid (sulfit va tiosulfat ionlar ishtiroki), vodorod sulfid (sulfid ion ishtiroki) borligi tekshiriladi.
1.Azot oksdlarii ajralayotganligini tekshirishda uchi halqa shaklidagi nixrom simi kaliy yodid va kraxmal aralashmasining eritmasiga botirilib, so`ngra ajralayotgan gaz yo`liga tutiladi. Agar nixrom simi uchidagi tomchi ko`karsa, tekshiriladigan eritmada azot oksidlari bo`ladi.
2. Oltingugurt (IV) oksidlarini topishda uchi halqali nixrom simi yodning kraxmalli eritmasiga botiriladi va ajralib chiqayotgan gaz oqimiga kiritilganda, ko`k rang yo`qolsa, eritmada sulfit, tiosulfat yoki sulfid ionlari bo`ladi. Nixrom simi halqasini natriy nitroprussid va rux atsetatning to`yingan eritmasiga botirib. gaz oqimiga tutganda qizil rangning paydo bo`lishi ham sulfit ajralayotganligini ko`rsatadi.
3. Vodorod sulfid ajralayotganligini tekshirishda nixrom simining halqasi natriy nitroprussidning ammiakli eritmasiga tushirilib, gaz yo`liga tutilganda binafsha rang paydo bo`lsa, vodorod sulfid ajralayotganligi va eritmada sulfid ion borligini ko`rsatadi.
4. Karbonat ionini topishda analizga xalaqit beradigan sulfit va tiosulfat ionlari ajralishi kerak. Buning uchun 3-5 tomchi tekshiriladigan eritmaga pH>7 bo`lganda, 5-6 tomchi 3 % li vodorod peroksid tomiziladi. Reaksiya tugagach, shu eritmaga 2 N H2SO4 eritmasi qo`shiladi. Karbonat angidridning ajraiishi karbonat ionning mavjudligiga ishoradir.
5. Borat ionini topish uchun kichkina tigelda 10 tomchi tekshiriladigan eritmani bug`lating. Quruq qoldiqni sovitgandan keyin ozgina kalsiy ftorid bilan aralashtiring va shu aralashmaga 1-2 tomchi konsentrlangan sulfat kislota qo`shing. Bor ishtirokida uchuvchan BF3 ajraladi. Hosil qilingan aralashmaga nixrom simini tushirib, gorelka alangasi tepasiga (alangaga tegizmay) tutilsa. birozdan so`ng alanganing cheti yashil rangga kiradi.
6. Atsetat ionini topish uchun tekshiriladigan eritmaning 5-10 tomchisiga pH=7 bo`lganda tomchilab cho`kma tushishi to`xtagunga qadar AgNO3 qo`shiladi. Cho`kma sentrifugalab ajratiladi va sentrafugalangan atsetat ioniga tegishli reaksiyalar (5.30) qilib ko`riladi. Buning uchun sentrifugatga 5-6 tomchi FeCl3 yoki Fe(NO3)3 eritmasidan tomiziladi. Atselat ion ishtirokida qo`ng`ir-qizil rang paydo bo`ladi, aralashma suv hammomida qizdirilganda esa qo`ng`ir-qizil rangli temir dioksiatsetat cho`kmaga tushadi. Cho`kmani senlrifugalab ajratib. qurilgandan so`ng unga soat oynasi yoki mayda tigelda KHSO4 ishqalansa, sirka kislota hidi keladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin