Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə57/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135
12 Cифat анализ

4. Natriy gidrofosfat — Na2HPO4mis ioni bilan havorang cho'kma hosil qilib cho'kadi:
3Cu2+ + 4HPO42- →Cu3(PO4)2↓ + 2H2PO4-
5. Vodorod sulfid H2S kislotali muhitda nitrat kislotada eriydigan qora cho'kma hosil qiladi:
Cu2+ + H2S →CuS↓ + 2H+
3CuS + 8HNO3 → 3Cu(NO3)2 + 2NO↑ + 3S+ 4H2O
3CuS↓+ 2N03- + 8H+→3Cu2+ + 2NO↑ + 3S+ 4H2O
6. Ammoniy sulfid — (NH4)2S ta'siridan mis ioni kolloid hosil qilib cho'kadi.
7. Natriy tiosulfat — Na2S2O3Cu2+ ioni eritmasi bilan kislotali muhitda (ozgina H2SO4) kompleks tuz hosil qiladi va eritma rangsizlanadi. Eritma ozroq qizdirilib, qora-qo'ng'ir rangli cho'kma olinadi:
2Cu2+ + 2S2O32-→2Cu+ + S4O62-
2Cu++S2O32-→Cu2S2O3
Cu2S2O3 + 2HOH→Cu2S↓+S↓+H2SO4
Bu reaksiyadan foydalanib, Cu2+ ioni Cd2+ ionidan ajratiladi (pH<7 da Cd2+ioni Na2S2O3 ta'siridan CdS cho'kma hosil qilmaydi).
8. Kaliy geksatsianoferrat (II) — K4[Fe(CN)6] mis ioni bilan pH<7 bo'lganda qizil rangli cho'kma hosil qiladi:
2CuSO4 + K4[Fe(CN)6] →Cu2[Fe(CN)6] ↓ + 2K2SO4
2Cu2+ + [Fe(CN)6]4-→ Cu2[Fe(CN)6] ↓
Hosil bo'lgan cho'kma suyultirilgan kislotalarda erimaydi, lekin ammiakda eriydi:
Cu2[Fe(CN)6] ↓+ 12NH4OH → (NH4)4[Fe(CN)6] + 2[Cu(NH3) 2](OH)2+8H20
9. Kaliy yodid KJ Cu2+ tuzi eritmasiga qo'shilganda Cu2J2 oq cho'kmasi hosil bo'lib, shu lahzadayoq cho'kmaning rangi ajralib chiqayotgan yod bilan niqoblanadi:
2CuSO4 + 4KJ→Cu2J2 + J2 +2K2SO4
J2 + 2K2SO4
2Cu2++4J- →Cu2J2 ↓+J2
10. Kaliy rodanid — KSCN Cu2+ tuzi eritmasiga (pH<7) qo'shilganda oq rangli CuSCN cho'kmaga aylanadigan qora rangli Cu(SCN)2 cho'kma hosil bo'ladi:
2Cu2+ + 2SCN →Cu(SCN)2
2Cu(SCN)2 ↓+ H2O →2CuSCN ↓+ HSCN +HOSCN
Qora cho'kmaning oqarishi sekin kechadi, biroq reaksiyani sulfit kislota (qaytaruvchi) tezlashtiradi.Ag+ xalaqit beradi, Cd2+ xalaqit bermaydi.
11. Temir (III) xlorid va natriy tiosulfat (tomchi reaksiyasi) ishtirokida Cu2+ ioni bilan hosil bo'ladigan [Fe(S2O3)3]3- kompleks ionning binafsha rangi bir lahzada yo'qoladi:
2[Fe(S2O3)3]3-+ 2Cu2+ → 2Cu++ 2Fe2++ 3S4O62-
Cu2+ ioni bo'lmasa, kompleksning rangi sekin yo'qoladi:
2[Fe(S2O3)3]3-+ 2Fe3+ →4Fe2+ + 3S4O62-
Reaksiyani bajarishda chinni plastinka chuqurchasining bittasiga mis tuzi eritmasidan bir tomchi, ikkinchisiga bir tomchi distillangan suv (salt tajriba) tomizing. Bu tomchilar ustiga bir tomchidan temir (III) xlorid eritmasidan va natriy tiosulfatning 0,3 N eritmasidan bir tomchidan tomizib, shisha tayoqchalar yordamida eritmalar aralashtirilsa, rangning turli tezlikda o'zgarayotganligini kuzatishingiz mumkin.
Ushbu reaksiyani SCN- ion (indikator) ishtirokida o'tkazish ham mumkin. Bunda mis va distiilangan suv tomchilariga temir (III) rodanid kompleksi tomiziladi. Mis bo'lganda rang darhol yo'qolsa, mis bo'lmagan chuqurchada rang asta yo'qoladi.
Mis ioni kompleks ionining dissotsilanishini kuchaytiribgina qolmay, balki temir (III) ionini tezda qaytarib, tetrationat hosil bo'lishini tezlashtiradi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin