Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Natriy yoki kaliy karbonat



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə59/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   135
12 Cифat анализ

3. Natriy yoki kaliy karbonat ta'sirlashganda kadmiyning oq rangli oksikarbonati hosil bo'ladi.
4. Natriy gidrofosfat kadmiy ioni bilan ta'sirlashganda, nitrat kislota vaammiakda eriydigan oq rangli kadmiy fosfat cho'kmasi hosil bo'ladi.
5. Vodorod sulfid Cd2+ bilan kislotali, neytral va ishqoriy (pH<0,5) muhitda ta'sirlashib, ishqorlar va sulfidlarda erimaydigan sariq rangli CdS cho'kmasini hosil qiladi:
Cd2++ H2S = CdS↓ + 2H+
Reaksiyani bajarishda Cd2+tuzi eritmasiga kislotali muhitga kelguncha 2 N HCI eritmasi qo'shib aralashtiriladi va chayqatilib turilgan holda eritmaga NH4C1 tuzi qo'shiladi. Eritma isitilib, unga H2S eritmasi quyiladi. Agar eritmada Cu2+ ioni bo'lsa, qora rangli CuS cho'kmasi tushadi. Cho'kma ajratilgach, sentrafugat suv bilan bir necha marta suyultirilib, unga H2S eritmasidan yana qo'shiladi. Bunda sariq cho'kmaning hosil bo'lishi, eritmada Cd2+ioni borligidan dalolat beradi.
Kislota va galogenidlarning mo'l miqdorlari reaksiyaning borishiga xalaqit beradi. Eruvchanlik ko'paytmasi ancha kichik bo'lgan mis sulfid, CdS dan farqli ravishda, kuchli kislotali va ammoniy xloridning ko'p miqdori ishtirokida cho'kadi. Misni kadmiydan ajratishda uning bu xossasidan foydalaniladi.
6. Kaliy yodid KJ kadmiy ioni bilan CdJ42-kompleks ionini hosil qiladi.
7.Glitserin yordamida Cd2+ ioni Cu2+, Pb2+ va Bi3+ionlari aralashmasidan ajratiladi. Cu2+, Pb2+, Bi3+ ionlari glitserin bilan ta'sirlashib, glitseratlar hosil qiladi. Glitserat komplekslarining hosil bo'lishi tufayli NaOH ta'siridan gidroksidlar yoki asosli cho'kmalar hosil bo'lmaydi. Cd2+ ioni esa glitserin ishtirokida NaOH bilan Cd(OH)2cho'kmasini hosil qiladi. Hosil bo'lgan cho'kma ajratilib, bir necha marta distillangan suv bilan yuvilgach, HCI eritmasida eritiladi va Cd2+ ioniga xos reaksiyalar o'tkaziladi. Sentrafugatga CH3COOH ta'sir ettirib, glitseratlar parchalanadi. So'ngra Cu2+, Pb2+, Bi3+ketma-ketlikda alohida xususiy reaksiyalar yordamida ionlar topiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin