Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Simob (II) kationining reaksiyalari



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə65/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135
12 Cифat анализ

7.5. Simob (II) kationining reaksiyalari
Simobning eruvchan tuzlari rangsiz. Simobga cho'ktirish, komplekslanish va qaytarilish reaksiyalari xosdir.
1. Kaliy yodid KJ simob (II) tuzlari bilan pH<7 bo'lganda HgJ2ning qizil cho'kmasini hosil qiladi:
Hg(NO3)2 + 2KJ →HgJ2↓+ 2KNO3
Hosil bo'lgan cho'kma KJ ning ortiqcha miqdorida rangsiz kompleks ion – [HgJ4]2- hosil qilib eriydi:
HgJ2+2KJ→K2[HgJ4]
Eritmaga ammiak eritmasi tomizilsa, NH4+ ga xos bo'lgan merkuriy ammoniy yodid cho'kmasi hosil bo'ladi (ammoniy ionining reaksiyalarini qarang).
Ushbu reaksiya Hg2+ ioni uchun asosiy sifat reaksiyalardan biri hisoblanadi.
2. Qalay (II) xlorid Hg2+ioni bilan ta'sirlashib, uni Hg+ ionga qaytaradi. Bunda oq rangli Hg2CJ2 hosil bo'ladi. SnCl2 eritmasidan/ ortiqcha miqdorda qo'shilsa, oq rangli Hg2Cl2cho'kma qorayadi, bu uning simob metaligacha qaytarilishidan darak beradi:
2Hg(NO3)2+ SnCl2↓→ Hg2Cl2↓+ Sn(NO3)4
Hg2Cl2↓+ SnCl2 →SnCl4 + 2Hg↓
3. Ammiak eritmasidan 3-4 tomchi olib, unga 2-3 tomchi simob (II) tuzi eritmasidan tomizilsa, kislotalarda eriydigan simob amidoxloridning (kompleks) oq cho'kmasi hosil bo'ladi:
HgCl2 + 2NH3→NH2HgCl + NH4C1
4. O'yuvchi ishqorlardan birining bir necha tomchisiga 2-3 tomchi Hg2+ tuzi eritmasi tomizilsa, kislotalarda eriydigan sariq rangli HgO cho'kma hosil bo'ladi:
Hg(NO3)2 + 2NaOH →HgO↓+ 2NaNO3 + H2O
5. Kaliy xromat — K2CrO4simob (II) tuzi eritmasiga ta'sir ettirilganda sariq rangli HgCrO4 cho'kma hosil bo'ladi. Cho'kmaustidagi eritmasi bilan biroz qoldirilsa, asosli tuz hosil bo'lishi natijasida cho'kma qizaradi:
Hg(NO3)2 + K2CrO4= HgCrO4 ↓+ 2KNO3
Hg2+ + CrO42-=HgCrO4
2HgCrO4 + 2H2O=(HgOH)2CrO4 ↓ + H2CrO4

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin