7. Kaliy yoki natriy nitrit (KNO2yoki NaNO2) biroz suyultirilgan va CH3COOH qo'shib kislotali muhitga keltirilgan kobalt (II) tuzi eritmasi bilan sariq rangli K3[Co(NO2)6] kompleks birikma cho'kmasi hosil qiladi:
Co2++7NO2+3K++2CH3COOH→K3[Co(NO2)6] ↓+↑NO+ +2CH3COO-+H2O
Bu reaksiya Co2+ ionini Ni2+iondan farqlashga imkon beradi va ularni bir-biridan ajratishda qo'llanishi mumkin. Bunday cho'kma suyultirilgan eritmalar qizdirilganda va uzoq turib qolganda yuzaga keladi.
7.4. Nikel kationining reaksiyalari Nikel tuzlarining suyultirilgan eritmalari va kristallgidratlari yashil rangli bo'ladi. Bu rang akvakompleks ion - [Ni(H2O)6]2+ ning hosil bo'lishi bilan tushuntiriladi. Nikel ioni ham cho'ktirish reaksiyalaridan tashqari komplekslanish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etadi.
1. O'yuvchi ishqorlar — NaOH va KOHNi2+ ioni bilan kislotalar, ammiak va ammoniy tuzlarida eriydigan yashil rangli Ni(OH) cho'kmasi hosil qiladi:
NiCl2 + 2NaOH→Ni(OH)2↓+ 2NaCl
Ni2++2OH-→Ni(OH)2↓
2. Ammiak eritmasinikel sulfat bilan (NiOH)2SO4 asosli tuzning yashil cho'kmasini hosil qiladi. Agar ammiak eritmasini qo'shish davom ettirilsa, cho'kma mo'l ammiakda erib, ko'k tusli kompleks tuz yuzaga keladi:
Ni2++ 6NH3→ [Ni(NH3)6]2+ 3. Natriy yoki kaliy karbonatnikel (II) ioni bilan kislotalar, ammiak va ammoniy sulfid eritmalarida eriydigan yashil rangli NiCO3 cho'kmasi hosil qiladi:
NiCl2+Na2CO3→NiCO3+2NaCl
4. Natriy gidrofosfat nikel (II) ioni bilan kislotalarda, shu jumladan, CH3COOH eritmasida eriydigan yashil rangli Ni3(PO4)2 cho'kmasi hosil qiladi. Cho'kma ammiakda eriydi, ammo o'yuvchi ishqorlarda erimaydi:
3NiCl2 + 2Na2HPO4→Ni3 (PO4)2↓ + 4NaCl + 2HC1
3Ni2++ 2HPO42-→ Ni3(PO4)2↓+ 2H+