Fan va innovatsiyalar vazirligi materialshunoslik universiteti


Natriy yoki kaliy karbonat



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə66/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#147047
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   135
12 Cифat анализ

6. Natriy yoki kaliy karbonat simob (II) ioni bilan ta'sirlashganda nitrat kislotada eriydigan qizil-qo'ng'ir rangli simob oksikarbonat cho'kmasi hosil qiladi.
7. Natriy gidrofosfat — Na2HPO4ta'siridan simob (II) ioni oq rangli simob (II) fosfat cho'kmasini hosil qiladi.
8. Vodorod sulfid H2S kislotali muhitda simob (II) ioni eritmasidan o'tkazilganda, hosil bo'ladigan oq rangli Hg2S2Cl2 cho'kma oldin sarg'ayadi, so'ngra qo'ng'ir rangga kiradi va keyin qora rangli HgS cho'kma hosil qiladi.
2HgCl2 + 2H2S →Hg2S2Cl2 ↓ + 4H+ + 4C1-
Hg2S2Cl2 ↓+ 2H2S →2HgS ↓+2S ↓+4H+ + 2C1-
Hosil bo'lgan cho'kma natriy sulfid ta'siridan tiotuz hosil qilib eriydi:
HgS+Na2S=Na2HgS2
HgS cho'kmasi ishqorlar ta'siridan ham eriydi, chunki cho'kma sirtiga adsorbilangan vodorod sulfid ishqor bilan natriy sulfid hosil qiladi.
9. Mis metali plastinkasi simob (II) ioni eritmasiga tushirilganda simobning qaytarilishi natijasida plastinka ustida kumushrang qoplama hosil bo'ladi:
Cu+Hg2+ →Cu2++Hg ↓
Reaksiyani bajarishda kislotali muhitga keltirilib tekshiriladigan simob (II) tuzi eritmasi tomizilgan mis plastinkani mo'rili shkaf ostida oz vaqt, sekin qizdiring. Qizdirishni to'xtatib, plastinkadagi ho'l dog'ni momiq parchasi bilan arting.
10. Mis (I) yodid tekshiriladigan simob (II) ioniga ta'sir ettirilsa, qizil yoki to'q sariq rangli cho'kma hosil bo'ladi.
Reaksiyani bajarishda filtr qog'ozi yoki chinni plastinkaga 1 millilitrida 0,05 gKJ va 0,2 gNa2SO3•7H2O bo'lgan eritmadan bir tomchi va bir millilitrida 0,05 gmis (II) sulfatning xlorid kislotalieritmasidan bir tomchi tomizing. Hosil bo'lgan aralashmaga bir tomchi tekshiriladigan simob (II) eritmasidan tomizing. Reaksiya tenglamasini quyidagicha ifodalash mumkin:
2Cu2+ + 4J-=2CuJ↓ + J2
4CuJ + Hg2+=Cu2[HgJ4] ↓ + 2Cu+

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin