УДК 371.2
ИНТЕГРАТИВНЫЙ ПОДХОД КАК ОСНОВА РАЗВИТИЯ БАЗОВЫХ
И ПРЕДМЕТНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ СТУДЕНТОВ
(НА ПРИМЕРЕ ТЕХНОЛОГИИ ОБУЧЕНИЯ)
Шерджахан Абдуфатаев Абдуазимович
Гулистанский государственный педагогический институт
учитель
Электронная почта:
Sherjahonjon07@gmail.com
Ключевые слова:
интеграция, компетенция, базовая компетенция,
технология, компьютерное обучение, традиционное обучение, когнитивное,
концептуальное, взаимодействие, синектика, мышление.
Аннотация:
Новое поколение государственных образовательных
стандартов общего среднего образования основано на компетентностном
подходе, и в связи с этим его ждет практическое решение проблемы, как
формировать основные и предметные компетенции обучающихся, и с каким
механизмом.
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1819
Kirish:
Mamlakat ta’lim tizimini barqaror rivojlanish hamda modernizdtsiyalash
jarayonlariga
moslashtirish,
o’quv
jarayoniga
innovatsion
g’oyalar,
integratsiyalashgan texnologiyalar va ishlanmalarni faol qo’llash orqali
o’quvchilarning tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini shakllantirish muammosi
bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, ta’lim muassasalarining
zamonaviy moddiy-texnik bazasini shakllantirish va yanada mustahkamlash, undan
oqilona foydalanish bo’yicha yuqori samarali o’quv-laboratoriya, kompyuter texnikasi
va boshqa axborot- kommunikltsiya bilan jixozlashni o’z ichiga oladigan tizimli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Adabiyotlar tahlili:
Kompetentsiya ta’limdagi yangilik sifatida birdaniga vujudga kelmaydi. Buning
uchun nafaqat pedagoglar, balki o’quvchilarning bilimlarni shunchaki amaliyotda
qo’llashi emas, shaxs sifatida o’ziga xos qobiliyatlarini yuzaga chiqarishi, tashqi va
ichki to’siqlarni yengishi talab qilinadi. Qulay strategiyani amalga oshirish uchun
uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlarida tizimlilik va integrltsiyani ta’minlash
zarur. Mazkur muammoni hal qilish va bilimlar integratsiyasini samarali amalga
oshirish o’quvchilarning o’ziga bog’liq.
Texnologiya fanini o’qitish metodikasi va didaktika sohasidagi ilmiy adabiyotlar
tahlili zamonaviy ta’limning turli sohalarida integratsiyalash masalasi pedagogik
jarayonning dolzarb muammolaridan biri sifatida e’tirof qilinadi. Jumladan, umumiy
o’rta ta’lim tizimida, fanlarni integratsiyalab o’qitish mexanizmlarini yaratish, uning
pedagogik va didaktik asoslarini aniqlash hamda amaliyotga tatbiq qilish
muammolarini hal qilish zamon talabiga aylanmoqda. Shuning uchun biz, birinchi
navbatda, “integratsiya” terminining ma’nosi, mohiyati va ta’rifiga to’xtalishni lozim
topdik.
Integratsiya - ayrim bo’laklar yoki elementlarning bir-biriga qo’shilishi hamda bir
butunga aylanishi, demakdir.
“Integratsiya” so’zi lotincha "integratio" so’zidan ("integr" - to’liq, butun, yaxlit)
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1820
olingan bo’lib, “qayta qurish, tiklash, to’ldirish”, "integratsiya" -“o’zaro bog’langan
holda rivojlantirish”, "integratsiyalash'"- “bir butun qilib birlashtirmoq, yaxlit holga
keltirmoq” degan ma’nolarni anglatadi[11; 48- b.].
“Integratsiya” tushunchasiga qator ta’riflar mavjud. Xususan, N.Poddyakova [46;
17-b.] integratsiyani "bir nechta o’quv predmeti materiallarini metodikaning vazifasi
va yagona maqsadiga tabiiy bo’ysundirish asosida tuzish usuli",- deya tavsiflaydi.
"Integratsiya" termini nisbatan yangi bo’lsada, mazmun va mohiyat jihatdan uzoq
tarixga ega. Koinotda, jamiyat hayotida, turmushda va ishlab chiqarishda, ta’limda,
ya’ni mikro olamdan tortib, to makro olamgacha integratsiya katta ahamiyat kasb
qiladi. Integratsiya - juda keng ma’noli tushuncha. Ayniqsa, yosh avlodning ilmiy
dunyoqarashi, ularning ekologik, axborot madaniyatini shakllantirishda ta’limda
integratsiya jarayonining zarurligi dunyo olimlari tomonidan alohida qayd qilinmoqda.
O‘quv fanlariaro aloqadorlikni ta’minlashga oid pedagogik tadqiqotlarda uni
mustaqil tadqiqot yo‘nalishi sifatida mujassam rivojlanayotgan shaxsga nisbatan
pedagogik
ta’sir
ko‘rsatish
imkoniyati
sifatida
qarash
lozim.
So‘nggi
yillarda
amalga
oshirilgan
tadqiqotlarda
o‘quv
fanlariaro
aloqadorlikning tarbiyaviy ahamiyatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quv
fanlariaro aloqadorlik ta’minlangan pedagogik sharoitda o‘qitish jarayonida tarbiyaviy
tadbirlarni amalga oshirishda o‘qituvchining tutgan o‘rnini alohida ajratib ko‘rsatish
lozim.
Integrativ yondashuv - turli fanlardan olingan bilimlar, ko’nikma, malaka va
tajribalarni hisobga olish, tayanish, birlashtirish va kompetentsiyalarni baravar
rivojlanishini nazarda tutadi. [29; 64-b.]
Psixologik turkum fanlarida barcha insonlarga xos bo’lgan fikrlash operatsiyalari
bilish faoliyatining yaxlit qismi sifatida fikrlash strategiyalarining ko’p miqdordagi
qismini tashkil qiladi hamda sintez orqali turli darajadagi va tavsifdagi tizimlarni
birlashtiradi. Integratsiya bilish mexanizmi asosida yotadigan qismlarni yaxlit
sintezlash nuqtai nazaridan bilish strategiyalari kabi farqlanadi va natijada ko’zlangan
WWW.HUMOSCIENCE.COM
1821
maqsadga erishiladi.
Metodik Dunyoda fan, texnologiya, muhandislik, san’at, matematika fanlarini
chuqur o’rganishga asoslangan (STEAM) ta’limni keng joriy etish asosida tabiiy
fanlar, jumladan, texnologiya fanini o’qitish jarayoniga kompetentsiyaviy yondashuvni
tatbiq qilish, o’quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishga doir xalqaro
baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish, “kompyuterli ta’lim”ni
ta’lim amaliyotiga joriy qilish biologiya fanini o’qitishda pedagogik va axborot
texnologiyalarini integratsiyalash, axborot-ta’lim muhitida integrativ yondashuvni
amalga oshirish vazifasini qo’ymoqda.
Integratsiyalashgan texnologik yondashuvlar barcha ijtimoiy jarayonlarni
umumiy tavsifini yoritish hamda ularning istiqbollarini belgilashga xizmat qiladi.
Ayrim manbalarda ishlab chiqarish texnologiyasi muayyan mahsulotni xomashyo
tanlashdan iste’molchiga etkazib berishgacha bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga oladigan
davr bilan belgilanadigan butun bir bosqich ekani tushuntiriladi [19;336-b.]. Lekin
ijtimoy hayotdagi texnologik jarayonlar bilan ta’lim jarayonidagi texnologiyalarning
integrativ va differentsial xususiyatlari bor. Tadqiqot olib borish jarayonida ta’lim
texnologiyalarining integrativ xususiyatlari bir qancha omillarga bog’liq ekani ma’lum
bo’ldi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida texnologiya fanini o’qitish jarayoni
o’quvchilarning fan asoslarini o’rganishida uzviylik printsipiga amal qilish, ta’lim
jarayonini tashkil qilish va o’tkazishda pedagogik va axborot texnologiyalarini
integratsiyalash, shuningdek, mazkur fan asoslarining tarbiyaviy, ma’naviy,
umuminsoniy qadriyatlarga bog’liq ekanini har tomonlama tahlil qilish zarurati
tug’ildi. Ta’limdagi integrativ texnologik jarayonlarning asosiy mazmunini yaratilgan
ilmiy manbalarga tayanib, quyidagicha izohlash mumkin:
-
Dostları ilə paylaş: |