Fanga oid kompetentsiyalarini rivojlantirishning asosi


Integrativ bilimlarni shakllantirish jarayoni yo’nalishlari



Yüklə 93,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü93,13 Kb.
#208638
1   2   3   4   5   6
1817-1829

Integrativ bilimlarni shakllantirish jarayoni yo’nalishlari 
Kognitiv
Kontseptual
Integrativ
Interoektsiya
- o’quvchi 
individual imkoniyatlari asosida 
o’zlashtirayotgan bilimlarini o’z 
ichki dunyosiga integrative 
motivlar bilan qabul qilishi. 
Sinektika
- turli fanlar bo’yicha 
amalga oshirilayotgan o’quv-bilish 
faoliyatining 
kontseptual 
xususiyatlarini umumlashtirish. 
Kogerentlik
- integrativ va 
moslashuvchan didaktik 
jarayonlarni asosan texnologik 
turkum fanlaridagi barcha 
elementar printsiplarning bir-biri
bilan ketma-ketlikda ilmiy-
kognitiv jihatdan joylashtirish. 
Fanning kontseptual- 
tarixiy 
aspektlari, 
evolyutsion 
rivojlanish 
bosqichlari, 
tajribalar, zamonaviy 
rivojlanish 
tendentsiyalari 
Gorizontal
- fanlar aro 
(fizika, kimyo, 
geografiya, biyalogiya).
Diagonal 
- fan ichida 
(fizika, bialogiya, kimyo 
va x.k.). 
Vertikal
texnologik: 
pedagogik, axborot- 
kommunikatsiya 
tarmoqlararo: 
nonotexnologiya, 
kibernetika, biofizika, 
biokimyo. 
 
Interoektsiya
- o’quvchining individual imkoniyatlari asosida o’zlashtirayotgan 
bilimlarini o’z ichki dunyosiga integrativ motivlar bilan qabul qilishi sanaladi. Bu 
jarayonda o’quvchilarning tafakkuri muhim o’rin tutadi. 
O’quvchilarda tayanch va fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirishda 
shaxsning tafakkuri muhim asos bo’lib xizmat qiladi. Tafakkurning sofistik, eklektik, 
metafizik-dogmatik, dialektik usullari mavjud bo’lib, inson tafakkuri faoliyatning turli 
qirralari sifatida bir- biriga qarama-qarshi, ayni vaqtda bir-birlarini to’ldiradi. 
Tafakkur - inson aqliy faoliyati, aql-zakovati, ongli xatti- harakatining yuksak 
shakli hisoblanib, mazkur jarayonda insonda fikr, mulohaza, g’oya, faraz kabilar 
vujudga keladi va uning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi. 
Tafakkur xotirada yig’ilgan axborotni qayta ishlashi, umumlashtirishi natijasida 
voqealarning rivojlanishi, takomillashishi to’g’risida taxmin qilish, oldindan aytib 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1824 
berish uchun shart-sharoitlar tug’iladi. Texnologiya fanini o’qitishda integrativ 
yondashuv orqali tayanch va fanga oid kompetentsiyalarni shakllantirishda 
texnologiya fani ta’lim- tarbiya jarayonida muammoli o’quv vaziyatlarini hal qilishda 
tafakkur operatsiyalaridan foydalanish orqali o’quvchilarning aqliy faoliyati, aql- 
zakovatini rivojlantirish, ongli xatti-harakatga yo’naltirish ilmiy dunyoqarashini 
rivojlantirishga zamin tayyorlaydi. 
Texnologiya fanini o’qitishda foydalanilgan keys-stadi, amal va hato, aqliy 
hujum, o’quvchilarning o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari, fanga oid 
kompetentsiyalarni baholash maqsadida shakllantirilgan test topshiriqlari axborotni 
qayta ishlash, tahlil, sintez, qiyoslash, abstraktsiyalash orqali umumlashtirish, 
xulosalash, o’quv muammosining echimini topish yangi g’oyalarni ilgari surish 
imkonini berdi. 
Sinektika - turli fanlar bo’yicha amalga oshirilayotgan o’quv-bilish faoliyatining 
kontseptual xususiyatlarini umumlashtirish[45; 48-b.]. Ayrim faoliyat turlarida bu 
jarayon “integratsiya” ham deb ataladi. 5-7- sinflarda texnologiya fanini o’rganishda 
turli bilimlar majmui bir ilmiy-kognitiv yo’nalishga birlashadi. Sinektika - turli rejali 
(turli sifatli va turli modallikdagi) bilimlarni yangi sifatli sintezlash qobiliyati. U inson 
qobiliyatlarining hech qanday umumiy bog’liqlikka ega bo’lmagan (daryolar oqimi, 
insonlar oqimi, axborotlar oqimi va h.k.) turli-tuman jarayonlarda simultan fikrlashiga 
asoslanadi. Psixologiyada an’anaviy bilish faoliyatini faollashtirish mexanizmi, 
o’qitishning faol metodlari (masalan, M.A.Granovskaya “aqliy hujum” metodining 
sinektik modifikyatsiyalashni tavsiflaydi) sifatida qo’llanadi. O’quv jarayonini 
sinektik integratsiyalash sifatida o’zaro yaqin bo’lmagan ta’lim sohalari va bloklarini 
integratsiyalash ko’rib chiqiladi. Bunday tipdagi integratsiyalashgan kurslar an’anaviy 
sohaviy o’qitishda (“Texnologiya va fizika”, “Matematika va san’at” va h.k.) ma’lum 
metodik chegaralarda bilish to’siqlarini bartaraf qilishga yo’naltirilgan. 
Texnologiya fanini o’qitishda o’rganilayotgan mavzu mazmunidan kelib chiqqan 
holda tabiiy fanlar: fizika,informatika, kimyo, biologiya, geografiya sohalarida o’zaro 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1825 
aloqador tabiiy-ilmiy g’oya, qonuniyat va tushunchalar, protsedura va ilmiy bilish 
metodlaridan foydalaniladi. Masalan, yog’ochga ishlov berish texnologiyasi mavzusini 
o’rganishda o’quvchilarning kimyo, uning funktsiyasini o’rganishda esa fizika fanida 
o’rganilgan qonuniyatlardan foydalaniladi. O’quvchilarning tabiiy fanlardan 
o’rgangan bilim, ko’nikma va malakalarini yangi vaziyatda foydalanish sinektika 
qoidalariga mos keladi. 
Kogerentlik integrativ va moslashuvchan didaktik jarayonlar asosan biologiya 
fanlaridagi barcha elementar printsiplarning bir-biri bilan ketma-ketlikda ilmiy-
kognitiv jihatdan joylanishini taqozo qiladi. 5-7- sinflardada texnologiya fanini 
o’qitishda yakkalik, xususiylik va umumiylik kabi falsafiy tushunchalar haqida 
dastlabki tasavvur hosil qilinadi. Masalan, texnologik jarayondagi bajarilishi kerak 
bo’lgan va rioya qilinishi kerak bo’lgan texnik xavfsizlik qoidalari bid umumiylikni 
aks ettiradi. 
Shuningdek, amaliy fanlarning rivojlanishi, fanlar o’rtasida differentsiatsiya va 
integratsiya jarayonlarining vujudga kelishi ob’ektiv qonuniyat sifatida texnologiya, 
biologiya, kimyo va fizika kabi fanlar o’rtasida fanlararo bog’lanishni amalga 
oshirishni talab qiladi. 
Kogerentlik -yangi tizimlarning strukturalarini chidamli, tartibli yaratish 
jarayonida kichik tizimlarning o’zaro muvofiqlikdagi harakati. O’qitishda kogerent 
integratsiya hozirgi davrda o’quv jarayonida integratsiyalashning eng ko’p tarqalgan 
turi hisoblanadi. Kogerent model umumiy o’rta ta’limda: texnologiya va fizika, fizika 
va biologiya, fizika va kimyo kabi integratsiyalashgan kurslarda taqdim qilinadi. 
Bunday integratsiyalash asosida, bir tomondan, tabiat, madaniyat va fan olami haqida 
yaxlit tasavvurlarning shakllanishiga erishilsa, boshqa tomondan, o’quv vaqti tejaladi. 
Bunday integratsiya nafaqat texnologik fanlariaro (vertikal), balki fanlararo 
(gorizontal) muhim tabiiy-ilmiy va madaniy hodisalarni sinxronlashgan o’rganish, 
pedagogik jarayonni yuqori darajada intensifikatsiyalash, mazmunli fanlararo 
aloqalarni o’rnatish, o’quv materialini ko’chirmaslik imkonini beradi. Kogerent 


WWW.HUMOSCIENCE.COM
1826 
modelni 
amalga 
oshirishning 
quyidagi 
texnologiyalaridan 
foydalaniladi: 
integratsiyalashgan kurs bir ta’lim sohasiga kiradigan fanlar mazmuniga muvofiq 
yaratiladi. Shuning uchun bir fan mazmuniga tushadigan og’irlik boshqa fan 
mazmuniga tushmaydi va “teng” taqsimlanadi. 
Bu integrativ jarayon tashkiliy uslubiy jihatdan, o’zlarining didaktik va metodik 
talablar asosidagi xususiyatiga ko’ra uch yo’nalishda mavjud bo’lishi integrativ 
didaktikani tahlil qilishda namoyon bo’ldi. Bular gorizontal, diagonal va vertikal 
integratsiya shaklida mavjud bo’ladi. Ayrim manbalarda integrativ metodika va 
integrativ didaktika masalasini o’rganish o’zbek tilidagi “uyg’unlashtirish” atamasiga 
tenglashtirib tavsiflash, ular asosida xulosa chiqarish holatlari mavjud. Integrativ 
didaktika va integrativ metodika bo’yicha rivojlangan mamlakatlarda olib borilgan 
tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati ta’limning integratsiyalashgan texnologiyalarini 
ta’lim jarayoniga qo’llashda muhim omildir, bu didaktik va metodik integrativ 
modellarining ilmiy tahlili esa maktabda texnologiya fani yuzasidan olib borilgan 
ilmiy-metodik ishlarning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib amalga oshirilishi 
ko’zda tutilgan. 

Yüklə 93,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin