16-MAVZU. BUXGALTERIYA BALANSI 3-bob. BUXGALTERIYA BALANSI Boshlang'ich balans vayakuniy balans har qanday hisobchilikning alfa va omegasini tashkil etadi. LF.Sher. REJA 1.Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi 2.Buxgalteriya balanslarining turkumlanishi 3.Xo’jalik muomalalari ta’sirida balansda ro‘y beradigan
o’zgarishlar va ularning tavsifi 4. Buxgalteriya balansi - korxonalarning moliyaviy ahvolini
o'rganish uchun axborot manbai ekanligi
1.Buxgalteriya balansining mohiyati va tuzilishi Korxonalaming moliya-xo‘jalik faoliyatini baholash va ularga rahbarlik qilish hamda boshqarish uchun korxona qanday mablag'larga ega; ulaming tarkibi, joylanishi va ishlatilish darajasi, shuningdek, ushbu mablag‘lar manbalari to'g'risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish zarur. Boning uchun buxgalteriya balansi tuziladi. «Balans» so‘zi lotincha bo‘lib, uning aynan taijimasi «bis»- ikki karra va «lans» tarozi pallasi, ya’ni tarozi ikkita pallasining tengligi degan ma’noni, muvozanat tenglik ramzini bildiradi. Tarozi muvozanat ramzi sifatida buxgalterlaming xalqaro gerbida ham aks ettirilgan (69-betga qarang).
Buxgalteriya hisobida «balans» tushunchasi ikkita ahamiyat kasb etadi:
Jamlangan summalar tengligi, ya’ni schotlaming debeti bo'yicha sununalar jami va krediti bo'yicha summalar jamming tengligi, har bir sintetik schot ma’lumotlarining (boshlang'ich qoldig‘i, debet va kredit oborotlari, oxirgi qoldig’i) mazkur sintetik schotga tegishli analitik schotlar ma’lumotlariga tengligi, balans aktividagi moddalar summalari jami va passividagi moddalar summalari jamining tengligini ifodalaydi;
Moliyaviy hisobotning asosiy shakli bo'lib, xo‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum sanadagi mulkiy va moliyaviy ahvolini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimim ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobining metodini tashkil etuvchi boshqa usullar (elementlar) orasida bunday ikki tomonlama ahamiyat faqat buxgalteriya balansiga xosdir.
Bunday ikki tomonlamalikda nafaqat qarama-qarshiliklar birligi qonunining mohiyati, balki korxona moliyaviy ahvolini baholash uchun asos ham mujassamlashgan. Alohida balans moddalarining tarkibida aks ettiriladigan hisob obyektlarining iqtisodiy mohiyatini tushunishni osonlashtirish maqsadida balansda guruhlangan holda aks ettiriladi.
Axborotdan foydalanuvchilar, xususan, potensial investorlar va kreditorlar balansdagi alohida guruhlar va guruhchalaming mazmunini, ular o‘rtasidagi munosabatlami, o'zaro bog'liqlikni o'rganadilar.
Ushbu ahamiyatli jihatlariga asoslanib buxgalteriya balansini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Xo'jalik mablag'larining tarkibi, joylanishi, harakati va learning vujudga kelish manbalaridagi hamda maqsadli tayinlanishidagi o'zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga qiymat ifodasida umumlashtirilgan holda aks ettirish usuli buxgalteriya -^balansi deyiladi. Balans ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan tarkibiy qismdan iborat: aktiv va passiv. Bu atamalar ham lotincha bo'lib, aynan tarjimasi «activus»- aktiv, faol va «passivus» - passiv, faoliyatsiz degan ma’nolami bildiradi.
Balans aktivida mablag'lar tarkibi, joylanishi va ishlatilishiga qarab; passivida esa mablag'laming tashkil topish manbalari: ulaming kimniki ekanligi va qanday maqsadga mo'ljallanganligiga qarab guruhlangan holda, pul ifodasida ma’lum bir sanaga aks ettiriladi. Balans aktivi va passivi hamma vaqt o‘zaro teng bo'lishi shart.
Balans aktivi va passivining o‘zaro tengligi lining aktivida ham, passivida ham bir xil xo’jalik mablag'lari aks ettirilishidan kelib chiqadi, lekin aktivda mablag'lar tarkibi, joylanishi va ishlatilish shakli bo'yicha, passivda esa tashkil topish manbalari va maqsadli tayinlanishi bo'yicha aks ettiriladi.
Aktiv va passivning o'zaro tengligi ulkan nazorat ahamiyatiga ega bo'lib, buxgalteriya yozuvlarining to'g'riligini tekshirish va hisobot tuzishda foydalaniladi.
O'zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni va buxgalteriya hisobining xalqaro hamda milliy standartlariga muvofiq moddiy boyliklar balansda aks ettirilganda, quyidagicha baholanadi: asosiy vositalar (ishlatilayotgani hamda zaxirada yoki konservatsiyada saqlanayotgani) - ulaming qoldiq qiymati bo'yicha; xomashyolar, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg'ilar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va yig'ib tuzatiladigan buyumlar, ehtiyot qismlar, idish va moddiy qiymatliklar (tayyorlash va omborga tashib keltirish sarflarini qo'shgan holda); tayyor mahsulotlar, xo'jalikningo'zida yetishtiriladigan urug‘lik, yem-xashak va yosh chorva mollari— chakana bahoda, ulguiji omborlar va savdo qiluvchi yoki savdo-ta’minot tashkilotlarida esa chakana bahoda yoki xarid qilingan qiymati bo'yicha aks ettiriladi.
Aktivda moddiy mablag'lar, tugallanmagan ishlab chiqarishdagi mablag‘lar, pul mablag‘lari, debitorlar kelgusi davr uchun sarflangan mablag'lar, aylanishdan tashqari (chetlashtirilgan) mablag'lar, passivda esa ustav kapitali, qo'shilgan kapital, rezerv kapitali, taqsimlanmagan foyda, budjetdan moliyalashtirish, bank kreditlari, korxonaning kreditor qarzlari, berilmagan mehnat haqi va daromadni taqsimlash bo'yicha majburiyatlar kabilar aks ettiriladigan moddalar bo'ladi.
Buxgalterlarning xalqaro gerbi Quyosh - buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyatini
yoritadi,