Tarozi - balans, ya’ni muvozanat, tenglik ramzi, Bernulli egri chizig'i - hisob insoniyat tarixining ibtidosidayoq pay do bo‘lib, to yerda hayot bor ekan mangu qolishini bildiradi.
sh i оr : Science - fan,
Conscience - ishonch, Independance - mustaqillik
Shunday qilib, balans tuzilishiga xo'jalik mablag'lari va ulaming tashkil topish manbalari hamda iqtisodiy mazmuni asos bo'ladi.
Buxgalteriya balansi aktiv va passividagi moddalar mablag'laming tarkibi, joylanishi va tashkil topish manbalari bo'yicha iqtisodiy tasniflanishiga muvofiq ikkita bo'limga guruhlanadi.
Korxona balansining aktivi tarkibiga quyidagi bo'limlar kiradi:
I. «Uzoq muddatli aktivlar»; II. «Joriy aktivlar». Passivda esa yuqoridagi bo'limlar qarshisida quyidagi bo'limlar joylashgan:
I. «O‘z mablag'lari manbalari»; II. «Majburiyatlar». Balans aktivi va passividagi alohida bo'limlarning o'zaro bog'liqligini 16.1-rasmda ko'rsatish mumkin.
16.1-rasm. Balans aktivi va passividagi bo 'limlaming о 'zaro aloqadorligi. Rasmdan ko'rinib turibdiki, uzoq muddatli aktivlar ham, joriy aktivlar ham korxonaning o‘z mablag'lari manbalari va majburiyatlar (qarz manbalar) hisobidan tashkil topishi mumkin.
Buxgalteriya balansining shakli O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Namunaviy shakldagi balansni qisqartirilgan holda quyidagi jadval ko'rinishida keltirish mumkin (3.1- jadval). .
Balans aktivining I «Uzoq muddatli aktivlar» bo'limida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar, o‘matiladigan asbob-uskunalar, kapital qo'yilmalar va shunga o'xshash aks ettiriladi.
Aktivning II «Joriy aktivlar» bo'limida yuqori likvidli, ya’ni pulga aylantirilishi nisbatan oson xo'jalik mablag'lari guruhlangan. Bularga asosan, materiallar, o'stirilayotgan va boquvdagi chorva mollari, tugal- lanmagan ishlab chiqarish, debitor qarzlar, qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hamda pul mablag'lari kiradi.
Balansning passivida (o'ng tomoni) o'z mablag'larining manbasi va majburiyatlar aks ettiriladi.
Passivning I «O'z mablag'lari manbasi» bo'limida xususiy kapital asosiy o'rin egallaydi. O'zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to'g'risidawgi qonuni 14-moddasiga muvofiq xususiy kapital ustav kapitali, qo'shilgan kapital, zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydadan iborat.
Balans passivining II «Majburiyatlar» bo'limida korxona majburiyatlari ulaming muddatiga ko'ra: uzoq muddatli majburiyatlar va qisqa muddatli majburiyatlarga ajratilgan holda ko'rsatiladi. Xususan, bu bo'limda quyidagi majburiyatlar aks ettiriladi: