Muomala. «Zenit» zavodidan tekinga 500000 so'mlik asosiy vosita (Televizor) qabul qilib olindi. Bu muomala natijasida balans aktivida ham, passivida ham o'zgarish (ko'payish) sodir bo'lgan. Birinchidan, aktivdagi «Asosiy vositalar» moddasi 500000 so'mga ko'paygan (1312600+ 500000 = 1812600), ikkinchidan passiv tomonda «Rezerv kapitali» moddasi paydo bo'ladi (500000 so'mga).
3-muomaladan keying! balans
3.6-jadval
Aktiv
|
Summa, so‘m
|
Passiv
|
Summa, so‘m
|
Asosiy vositalar (+500000)
|
1812600
|
Ustav kapitali.
|
1448960
|
Materiallar (-8600)
|
15600
|
Rezerv kapitali (+500000)
|
500000
|
Asosiy ishlab chiqarish (+8600)
|
52450
|
Xodimlar bilan mehnat haqi bo'yicha hisoblashuvlar (-14500)
|
25390
|
Budjet bilan hisob-kitoblar (+14500)
|
14500
|
Hisob-kitob schoti
|
134400
|
Mol yetkazib bcruvchilar
|
26200
|
Balans
|
2 015050
|
Balans
|
2 015050
|
Shunday qilib, bu xo'jalik muomalasi natijasida balans aktivi va passivi bir xil summaga ko'payib, lekin balans tengligi buzilmagan.
Uchinchi tip о 'zgarish uchun, ya’ni o'zgarish balansning aktividagi moddalarda ham, passividagi moddalarda ham ko'payish tomonga sodir bo'Iganda quyidagicha matematik model tuziladi:
XA + c = XP + P - (3)
Bu model balans aktivi va passivining moddalari bir xil summalarga ko'payganda, shu summalarga aktiv va passiv summalari yig'indisi ham ko'payadi, aktiv va passiv tengligi esa buzilmaydi deb o'qiladi.
Dostları ilə paylaş: |