4-Muomala. Mol yetkazib beruvchilarga hisob-kitob schotidan 13900 so‘m qarz puli o‘tkazildi. Bu muomala natijasida hisob-kitob schotidagi qoldiq 13900 so'mga kamaydi (134400-13900 = 120500) va bir vaqtning o‘zida mol yetkazib beruvchilarga bo'lgan qarz ham shu summaga kamaydi (26200 - 13900 = 12300).
Bu muomala balansning aktivida ham, passivida ham bir xil summaga kamayishga olib keldi. Lekin balans tengligi buzilmadi.
Yuqoridagi barcha muomalalami aks ettirganimizdan so'ng korxona balansi quyidagi ko'rinishga keladi (4.6-jadval).
To 'rtinchi tip о ‘zgarish uchun, ya’ni o'zgarish aktivdagi moddalarda ham, passivdagi moddalarda ham kamayish tomonga sodir bo'lganda matematik model quyidagicha tuziladi:
£л-о = £р-р, (4)
Aktiv
|
Summa, so'm
|
Passiv
|
Summa, so‘m
|
Asosiy vositalar (+500000)
|
1812600
|
Ustav kapitali.
|
1448960
|
Materiallar (-8600)
|
15600
|
Rezerv kapitali (+500000)
|
500000
|
Asosiy ishlab chiqarish (+8600)
|
52450
|
Xodimlar bilan mehnat haqi bo'yicha hisoblashuvlar (-14500)
|
25390
|
Budjet bilan hisob-kitoblar (+14500)
|
14500
|
Hisob-kitob schoti (-13900)
|
120500
|
Mol yetkazib beruvchilar (-13900)
|
12300
|
Balans
|
2 001150
|
Balans
|
2 001150
|
Yakuniy balans
3.7-jadval
Bu model; aktiv va passiv moddalari bir xil summaga kamayganda, shu summaga aktiv va passivdagi summalar yig'indisi ham kamayadi, aktiv va passiv tengligi esa buzilmaydi deb o‘qiladi.
Demak, xo'jalik muomalalari ta’sirida balansda sodir bo‘ladigan to‘rt tip o'zgarishlami yuqorida ko'rib chiqilgan to'rtta matematik model orqali ifodalash mumkin ekan.
Ko'rib chiqilgan to'rtta xo'jalik muomalasi balansda ro‘y beradi- gan barcha o'zgarish turlari uchun misol bo'la oladi. Demak, korxonada qancha xo'jalik muomalasi sodir bo'lishidan qat’i nazar, ular to‘rt tipga bo'linadi:
Dostları ilə paylaş: |