Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə143/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

2-Masala.
Maqsad - hisobi turlari haqidagi bilimlarni mustahkamlash.
Vazifa - keltirilgan vaziyatlarda hisobning qaysi turlaridan foydalanilganligini ko‘rsating.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Korxona faoliyatidagi jarayonlari :
1. Korxona kassasidan xodimlarga ish haqi berildi.
2. Bosh iqtisodchi aksionerlar kengashiga korxona tomonidan o‘tgan yilda ishlab chiqarilgan maxsulotlar va har bir turi bo‘yicha o‘rtacha sotish narxi haqidagi hisob-kitobni taqdim etdi.
3. Bosh mexanik moddiy-texnik ta’minot bo‘limiga ehtiyot qismlarni xarid qilishga buyurtma berdi.
4. Korxona rahbari xodimlar bo‘limi boshlig‘iga xodimlarning ma’lumoti haqidagi axborot tayyorlash haqida ko‘rsatma berdi.
5. Buxgalter o‘tgan oyda ishlab chiqarilgan maxsulotlarning haqiqiy tannarxi hisob kitobini qildi.
6. Xodimlar bo‘limi boshlig‘i korxona raxbariga xodimlarning ma’lumoti haqidagi axborot taqdim etdi.
7. Buxgalter xodimlarning ish haqlaridan soliqlarni ushlab qoldi va buxgalteriya yozuvlarida aks ettirdi.
8. Korxona moliya bo‘limining boshlig‘i aksionerlar kengashiga keyingi yildagi pul mablag‘lari harakati bo‘yicha smetani taqdim etgan.
9. Moddiy- texnik ta’minot bo‘limi boshlig‘i korxona rahbariga keyingi oyda materiallarni xarid qilish bo‘yicha buyurtmani tasdiqlash uchun topshirdi.
10. Kassir limitdan ortiqcha naqd pul mablag‘larini bankdagi hisob-kitob schyotiga topshirdi.
3-Masala.
Maqsad- korxona mablag‘larini ularning turlari bo‘yicha guruhlanishini o‘rganish.
Vazifa- keltirilgan ma’lumotlar asosida korxona ma’lumotlarini tasnifga muvofiq guruhlarni ajratib, guruhlarga ajratish.
Korxona mablag‘larining guruhlari:
1. Asosiy mablag‘lar.
2. Aylanma mablag‘lar.
3. Nomoddiy aktivlar.
4. Moliyaviy qo‘yilmalar.
5. Oborotdan tashqari aktivlarga qo‘yilmalar.
6. Boshqa tomonga qaratilgan mablag‘lar.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin