Fanidan O’quv-uslubiy majmua


Buxgalteriya schotlarining turkumlanishi - bu



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə97/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Buxgalteriya schotlarining turkumlanishi - bu schotlaming balansga munosabati va hisob obyektlarini qamrab olish daraja- siga; aks ettiriladigan ko'rsatkichlarning iqtisodiy mazmuniga ham da tuzilish va tayinlanishiga qarab guruhlarga birlashtirilishi.

15.1-rasm. Buxgalteriya hisobi schotlarining turkumlanishi.

Yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi vaqtda qo'llanilayotgan bux- galteriya hisobi schotlarining turkumlanishi mablag'lar, manbalar va jarayonlaming iqtisodiy turkumlanishiga asoslangan bo‘lib, yagona hisoblanadi va schotlaming mazmuni, tayinlanishi va tuzilish belgilari bo'yicha shakllantirilgan.


Buxgalteriya hisobi schotlarining yagona turkumlanishi katta amaliy ahamiyatga ega. Har bir schotning iqtisodiy mazmunini tushu- nishga yordam berib, hisobga olinadigan obyektlami guruhlash uchun schotlardan to‘g‘ri foydalanishni osonlashtiradi. Har bir schotning tayinlanishini, uning funksiyalari va ko'rsatkichlari tavsifini aniqlash- tirib, u tadbirkorlikni boshqarish va nazorat uchun schotlami to‘g‘ri qo‘llashga yordam beradi. Schotlaming texnik xossalari va tuzilish xususiyatlarini ochib bergan holda ulami tuzilmasiga muvofiq to‘g‘ri yuritishni ta’minlaydi.
2.Schotlarni balansga munosabati va hisob obyektlarini qamrab olish darajasiga ko'ra turkumlash
Buxgalteriya hisobining schotlari balansga munosabatiga ko'ra:

  1. Balans schotlari (aktiv va passiv schotlar) va balansdan tashqari schotlar;

  2. Sintetik va analitik schotlarga bo'linadi.

Balans schotlari, ya’ni aktiv va passiv schotlar 4-bobning 4.2- paragrafida batafsil ко‘rib chiqilgan.
Balansdan tashqari schotlar. Vaqtincha korxona ixtiyorida bo‘lib, uning balansida aks ettirilmaydigan mol-mulklar balansdan tashqari schotlarda hisobga olinadi. Bunday mol-mulklar qaysi korxonaga tegishli bo‘Isa, o‘sha korxona balansida aks ettiriladi. Balansdan tashqari schotlar balans schotlaridan tubdan farq qiladi. Ularda yozuvlar bir yoqlama yoziladi. Ya’ni balansdan tashqari schotlar o'zaro ham, boshqa schotlar bilan ham korrespondensiyalanmaydi.
Balansdan tashqari schotlami tuzilishiga ko'ra aktiv schotlar qatoriga kiritish mumkin. Ulaming debetida vaqtincha korxona ixtiyorida bo'lib, unga tegishli bo‘lmagan mol-mulklar hamda bu mol- mulklarga oid majburiyatlaming qoldig‘i va ko'payishi, kreditida esa kamayishi ko'rsatiladi.
Yevropa mamlakatlarida balansdan tashqari schotlar qo'llanil- maydi, buxgalteriya hisobining barcha obyektlari balans schotlarida hisobga olinadi.
«Xo'jalik yurituvchi subyektlar moliya-xo‘jalik faoliyati buxgal- teriya hisobining schotlar rejasi va uni qo'llash bo'yicha Yo‘riqnoma» №21 Buxgalteriya Hisobining Milliy Standartiga muvofiq balansdan tashqari schotlar - korxonaga tegishli bo'lmagan, lekin vaqtincha korxona qaramog'ida bo'lgan aktivlar, shartli huquqlar va majburiyatlar mavjudligi hamda harakati to'g'risidagi axborotlami umumlashtirish uchun mo‘ljallangan schotlardir. Bu schotlaming qoldiqlari xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisobotida balansga ilova sifatida beriladi, lekin ularda aks ettirilgan xo'jalik muomalalari moliyaviy natijalarga ta’sir ko'rsatmaydi.
Agar korxonalarda asosiy schotlarga yetarli darajada e’tibor berilayotgan bo'lsa, balansdan tashqari schotlaming roli va ahamiyati amaliyotda ko'p hollarda tan olinmasligi, ularda aks ettiriladigan axborotlaming susayishiga olib keladi. Qoidaga ko'ra, balansdan tashqari schotlar mazkur korxonaga tegishli bo'lmagan, lekin ma’lum muddatga uning qaramog'ida bo'ladigan yoki saqlanadigan mablag'lar va majburiyatlaming mavjudligi hamda harakatini hisobga olish uchun mo'ljallangan.
Bizning fikrimizcha, balansdan -tashqari schotlaming asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • - amaldagi qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarga muvofiq mazkur korxonaga tegishli bo'lmagan mulklar, mablag'lar va majburiyatlar ustidan nazorat o'matishni ta’minlash;

  • balansdan tashqari schotlarda hisobda turgan mulklaming saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash;

  • ushbu schotlarda hisobda turgan mablag'lar harakatini hujjatlar bilan rasmiylashtirish;

  • korxonaning kreditga layoqatliligini va moliyaviy barqarorligini baholash, boshqaruv uchun zarur to'liq va ishonchli axborotlar bilan ta’minlash.

Ta’kidlanganidek, balansdan tashqari schotlarda korxonaga qarash- li bo'lmagan, lekin vaqtinchalik uning ixtiyorida bo'lgan: ijaraga olingan asosiy vositalar, qayta ishlash uchun qabul qilingan moddiy boyliklar hisobga olinadi. Ushbu qiymatliklar buxgalteriya hisobida oddiy tizimda, ya’ni ikkiyoqlama yozuv qoidasidan foydalanmasdan aks ettiriladi.
Balansdan tashqari hisob oddiy tizim bo'yicha yuritilganligi sababli, balansdan tashqari schotlardagi ko'rsatkichlaming bir qismi natura o'lchovlarida aks ettirilishi mumkin. Shuningdek, bu schotlarda axborotdan foydalanuvchilar uchun zarur bo‘lgan asosiy ko'rsatkichlar, xususan hisobot davri boshiga va oxiriga bo'lgan qoldiqlar aks ettiriladi.
Balansdan tashqari schotlar bo‘yicha hisob yuritish korxona rahbarining buyrug‘i bilan buxgalteriya xodimlarining bittasiga yuklatiladi. Bundan tashqari, buxgalteriyada balansdan tashqari schotlar bo‘yicha hisobni tashkil etish tartibi aks ettirilgan xizmat vazifalarining yo'riqnomasi ishlab chiqilishi lozim. Balansdan tashqari, schotlami depozit - mulkiy, nazorat, shartli huquq va majburiyatlam hisobga oladigan schotlarga turkumlash mumkin

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin