66
qonuniy hukmdor, so‘fiylar, harbiy yurishlar,
Anqara jangi, siyosiy
boshqaruv tajribalari, ma’muriy idora usuli, boshqaruv tizimlari, yagona
siyosiy tartib, Pirmuhammad, Xalil Sulton, Jahongir Mirzo, Ulug‘bek,
Shohruh Mirzo.
1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi
O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta
asrlar davridagi yangi
bosqichi buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur ibn Tarag‘ay
Bahodir nomi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, XIV asrning 40-yillariga kelib
Chig‘atoy davlati parchalanib, davlatning sharqiy qismi - Sharqiy
Turkiston va Yettisuvni o‘z ichiga olgan Mo‘g‘uliston davlati tashkil
topadi. Chig‘atoy ulusida nisbatan barqarorlikni saqlay olgan Qozonxon
(1336-1347-yy.) o‘limidan keyin davlat hududlari parchalinish, iqtisodiy
vayronalik sari yuz tutib, Amir Qozog‘on (1347-1357-yy.)
davrida bu
jarayon yanada avj oladi. 1348-yilda Chig‘atoy avlodlaridan bo‘lgan
Tug‘luq Temur Mo‘g‘uliston taxtiga o‘tiradi. U Chig‘atoy ulusidagi
siyosiy parokandalikka barham berish va Movarounnahrni bosib olish
maqsadida bu hududlarga bir necha bor talonchilik urushlari olib boradi.
Xususan, Tug‘luq Temur 1360-yilda Kesh viloyatini bosib oladi. Bu
viloyatning hokimi bo‘lgan Temurning amakisi Hoji Barlos Xurosonga
qochadi. Manbalarning ma’lumot berishicha,
Amir Temur Amudaryo
bo‘yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday murojaat qiladi:
“Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz
begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug‘luq
Temurxon) xizmatiga borsam”.
1363-yilda Mug‘uliston hokimi Tug‘luq Temur vafot etgach
Ilyosxo‘ja Movarounnahrdan haydaladi. Ammo ko‘p o‘tmasdan
Movarounnahr ustiga yangidan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi va
1365-yilda katta qo‘shin bilan Sirdaryo tomonga yo‘lga chiqadi. Bundan
xabar topgan Husayn va Temur harbiy kuchlarini jangga tayyorlaydilar.
Birlashgan kuchlar va Tug‘luq Temur qo‘shinlari o‘rtasidagi jang 1365-
yil 22-mayda Chinoz va Toshkent oralig‘ida qattiq yog‘ingarchilik
paytida bo‘ladi va tarixda “Loy jangi” (“Jangi loy”) nomini oladi. Bu
jangda Temur va Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida
ularning birlashgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi.
Ayrim manbalar
bu mag‘lubiyatning sababini Amir Husaynning sust va mayoqsizlik
bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Temurning o‘zi esa bu kabi holatlarni
Husaynning hasadgo‘yligida deb biladi.
67
Sarbadorlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xurosonda
(Afg‘onistonning shimoli-g‘arbi, Marv vohasi va Eronning shimoli-
sharqiy qismi) paydo bo‘lib, bu hududlardagi mug‘ullar hukmronligi
barham beradilar va markazi Sabzavor shahri bo‘lgan
Sarbadorlar
davlatiga (1337-1381-yy.) asos soladilar Sarbadorlar harakati XIV
asrning
50-60-yillarida
ijtimoiy-siyosiy
harakat
sifatida
Movarounnahrga ham yoyiladi va uning markazi Samarqand edi.
Sarbadorlarning harakatlantiruvchi kuchlari madrasa toliblari, shayxlar,
umuman, oddiy aholidan iborat edi. Harakat qatnashchilarining asosiy
maqsadi mug‘ul istilochilari va zulm o‘tkazuvchi mahalliy
qatlamlarga
qarshi kurash edi.
Bu paytda Keshda bo‘lgan Amir Temur Ilyosxo‘janing
mag‘lubiyati haqidagi xabarni Amir Husaynga yetkazadi va ular 1366-
yilning bahorida Samarqandga etib keladilar. Samarqand atrofidagi
Konigil mavzeyida qo‘zg‘olon rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Amir Husaynning buyrug‘i bilan bu yerda sarbadorlarning boshliqlari va
aftidan, faol ishtirokchilari qatl etiladi. Temurning aralashuvi bilan faqat
Mavlanzoda omon qoldirilib, Xurosonga jo‘natiladi. Mu’iniddin
Natanziy ma’lumotlariga asoslangan A.Ziyoning fikricha, sarbadorlar
g‘alabasidan so‘ng samarqandliklar Mavlonzoda itoatiga o‘tib “uni
imom va amir (sifatida) qabul qilganlar”. Ya’ni Samarqandda ham diniy,
ham siyosiy hokimiyat Mavlonzoda qo‘liga o‘tgan. Uning bu “imomligi
va amirligi” Samarqandning o‘zida deyarli bir yil davom etgan. Shu bois
ham Amir Husayn sarbadorlar harakatining
boshliqlari va faollarini
omon qoldirmasligi aniq edi. Amir Husayn uchun o‘z siyosiy raqiblarini
zaiflashtirish va mavridi kelsa ulardan qutulish siyosati nechog‘lik
muhim bo‘lganini Konigil voqeasidan so‘ng yuz bergan jarayon orqali
ham bilib olish mumkin. 1366-1370-yillar Amir Temur va Amir Husayn
o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib, bu kurash Husayinning o‘ldirilishi bilan
yakun topdi.
Dostları ilə paylaş: