Фарғона-2023 umumiy pedagogika o’quv – uslubiy majmua



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə79/137
tarix27.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#149582
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137
Barcha yo`nalish majmua

Amaliy mashg’ulotlar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


UMUMIY PEDAGOGIKA
fanidan barcha yo‘nalishlar uchun amaliy mashg‘ulotlar ishlanmasi


FARG‘ONA – 2022

Ushbu ishlanma, barcha ta’lim yo‘nalish talabalari uchun tayyorlangan bo‘lib, unda mavzularning nazariy asoslarini mukammal o‘rganish, tahlil qilish, qiyosiy taqqoslashga mo‘ljallangan vazifalar, ayrim jihatlarini chuqur egallashga qaratilgan topshiriqlar, testlar, olgan bilimlarni amalda tatbiq etish metodikasi berilgan.


Tuzuvchi: X.Qosimova - Farg’ona davlat universiteti, Sirtqi bo’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi.
Farg‘ona davlat universiteti 2022 yil -sonli Ilmiy Kengash qarori bilan nashrga tavsiya etildi.


KIRISH
Hozirgi vaqtda pedagogika oliy ta’lim muassasalari oldida turgan muhim vazifalardan biri-bo‘lajak pedagoglarni innovatsion ta’lim muhitiga tayyorlash, ularda ta’limiy innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirishga va amaliyotga joriy etish malakalarini shakllantirishdir. Mazkur muammoni hal etish uchun esa, pedagogika oliy ta’lim muassasalarida o‘qitilayotgan fanlarning amaliyot bilan uyg‘unligini to‘liq ta’minlanishiga erishish, talabalar tomonidan egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishga o‘rgatish lozim. “Umumiy pedagogika” fani ham pedagogika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan barcha bakalavriat yo‘nalishlari uchun umumkasbiy fan hisoblanib, u o‘z ichiga pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi va pedagogik mahorat kurslarini qamrab oladi. O‘quv rejasiga ko‘ra, pedagogika nazariyasi nazariy mashg‘ulotlar bilan birga amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishni ham ko‘zda tutadi. Ishlanma pedagogika nazariyasi fani bo‘yicha ettita amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishga doir metodik ko‘rsatmalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Har bir amaliy mashg‘ulot o‘quv jarayonining tuzilishiga mos holda talabadan bir nechta amaliy topshiriqlarni bajarishni talab etadi. Ishlanmada aks etgan topshiriqlarning ayrimlarini talaba uy vazifasi sifatida, qolganlarini individual va kichik guruhlarda ishlash orqali bajarishlari mumkin. Ishlanmaning eng muhim jihati amaliy mashg‘ulotlarni pedagogikaning so‘nggi yutuqlarini hisobga olgan holda tashkil etishga mo‘ljallanganligidir.


Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin