4-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: TA’LIM MUASSASASI MENEJMENTI Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarning ta’lim muassasasi menejmentiga doir nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ularda ta’lim muassasasini boshqarish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.
Amaliy mashg‘ulotning rejasi. 1. Ta’lim muassasasi menejmentining mohiyatini aniqlashtirish.
2. Ta’lim muassasasini boshqarish funksiyalari, tamoyillari va metodlarini o‘zlashtirish.
3. Ta’lim muassasasini boshqarishga doir me’yoriy hujjatlar bilan ishlashga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
4. «Rahbarning kasbiy kompetentligining ahamiyati shundaki...» mavzusida asoslangan esse yozish.
1- topshiriq. Ta’lim muassasasi menejmenti moxiyatini aniqlashtirishga doir blits-so‘rov savollari. 1. Boshqarish deb nimaga aytiladi?
2. Boshqaruv ob’ekti va boshqaruv sub’ekti tushunchalariga izoh bering.
3. Ta’lim muassasasini boshqarish deganda nimani tushunasiz?
4. Menejment deganda nima tushuniladi?
5. Ta’lim muassasasi menejmenti deb nimaga aytiladi?
6. Ta’lim menejmentining o‘ziga xos jihatlari nimalarda yorqin namoyon bo‘ladi?
2-topshiriq. Ta’lim muassasasini boshqarish funksiyalari, tamoyillari va metodlariga doir toifalash jadvalini to‘ldirish
3-topshiriq. Pedagogika kengashi, Metodika kengashi va metod birlashmalarining namunaviy yilliy ish rejasini tuzish. Yillik ish rejalarni tuzishda quyidagi chizmaga asoslaning.