O’qituvchining darsga tayyorgarlik ko’rishi bosqichlari
Mazmuni
tashxislash
bashoratlash
loyihalashtirish
rejalashtirish
3-topshiriq Kichik guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan an’anaviy va nostandart dars turlarini tashkil etishga doir amaliy topshiriqlar 3.1-topshiriq. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash asosida aralash darsni ko‘rsatib berish. 1-guruh darsning tashkiliy qismi va o‘tilgan mavzuni takrorlashni ko‘rsatib beradi;
2-guruh: yangi o‘quv materialini bayon qilish tartibini tushuntirib beradi;
3-guruh: o‘rganilganini mustahkamlash, o‘quvchilarni baholash va uy vazifasi berishni amalga oshiradi.
Mazkur topshiriqni bajarishda o‘qituvchi zig-zag metodiga asoslanadi. YA’ni, har bir kichik guruh o‘ziga berilgan topshiriqni bajarib bo‘lgach, bir-birlari bilan o‘zaro almashinuv asosida o‘tkaziladigan dars haqida yaxlit tasavvur hosil qilinadi. Talabalarda o‘tkaziladigan dars haqida yaxlit tasavvur hosil bo‘lgach, kichik guruhlar navbati bilan o‘zlariga berilgan vazifalarning taqdimotini o‘tkazishadi.
Topshiriqni bajarish oldidan guruh bilan kelishilgan holda, mutaxassislik bilan bog‘liq biror mavzuni tanlab olish maqsadga muvofiq.
3.2-topshiriq. Kichik guruhlarda nostandart darslardan lavha ko‘rsatish. 1-guruh uchun: konferensiya darsini o‘tkazilishini ko‘rsatib berish.
2-guruh uchun: musobaqa turidagi darsni tashkil etish.
3-guruh uchun: o‘yin tipidagi darsni namoyish etish.
Uy vazifasi uchun topshiriqlar. Dars va unga qo‘yiladigan talablarni o‘rganish hamda tahlil etish