1.AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: PEDAGOGIKA FAN SIFATIDA. PEDAGOGIKANING ILMIY-TADQIQOT METODLARI Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarning pedagogika fanining paydo bo‘lishi va rivojlanishi, pedagogika fanining metodologik asoslariga doir bilimlarini mustahkamlash hamda ularda pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlaridan foydalanishga doir ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.
Amaliy mashg‘ulotning rejasi. 1. Pedagogika fanining paydo bo‘lishi hamda pedagogika fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalarini o‘rganish.
2. Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini o‘rganish va tahlil etish.
3.Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
1-topshiriq. “Pedagogika” tushunchasining kelib chiqishi, pedagogika fanining ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalariga doir blits-so‘rov savollari 1. «Pedagogika» so‘zi qanday ma’noni bildiradi?
2. Pedagogika fani qay tarzda paydo bo‘ldi?
3. Ilmiy pedagogika nechanchi asrda yuzaga keldi?
4. Pedagogika fani nimani o‘rganadi?
5. Pedagogika fanining ob’ekti nima?
6. Pedagogika fanining ob’ektini belgalashda xilma-xil yondashuvlar ko‘zga tashlanadi. Bunday yondashuvlarga sizning munosabatingiz qanday?
2-topshiriq. Tushunchalarni ularga taalluqli to‘g‘ri javob bilan juftlang.
1
Shaxs
- shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon