- shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
K
Javob:
1-
2-
3
4
5
6
7
8
9
10
Javob:
3-topshiriq. “Pedagogika fanini o‘rganish nima uchun zarur?” mavzusida esse yozish topshirig‘i “Pedagogika fanini o‘rganish nima uchun zarur?” mavzusida besh daqiqa mobaynida o‘z fikrlaringizni daftarga yozing. O‘ylagan fikrlaringizni hech qanday to‘xtovsiz bayon eting.
Esse yozish ustida ishlashga doir ko‘rsatma: 1.Talabalardan besh daqiqa mobaynida berilgan mavzu bo‘yicha o‘z fikrlarini yozish so‘raladi.
2. Besh daqiqa tugagach, vaqt tuganganligi ma’lum qilinadi. Biroq bir minut sukut saqlab turiladi. CHunki odatda eng yaxshi fikrlar inson tang holatda qolgan vaziyatda tug‘iladi.
3. Talabalardan ayrimlarining fikrlari tinglanadi. Uch-to‘rt talaba o‘z yozganlarini o‘qib bergach, o‘qituvchi qolgan talabalardan aytilganlariga o‘xshamaydigan fikr kimda bo‘lsa bildirishlarini so‘raydi.
4-topshiriq. Quyidagi keltirilgan jumlalar bilan tanishing hamda ular qaysi pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari ekanligini aniqlang. 1. Uni qo’llash jarayonida, ta’lim muassasalarining o’quv-tarbiya ishlari jarayonini o’rganish asosida tadqiq etilayotgan muammo holat aniqlanadi, tajriba avvali va yakunida qo’lga kiritilgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi farq to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’linadi.
2. Bu metod pedagogik kuzatish jarayonida ega bo’lingan ma’lumotlarni boyitish, mavjud holatga to’g’ri baho berish, muammoning echimini topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo echimiga jalb etishga yordam beradi.
3. Ushbu metod yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to’plangan dalillar boyitiladi. Anketa metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi.
4. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Mazkur metod O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni talablarining ta’lim muassasalari amaliyotidagi bajarilish holatini o’rganish, bu boradagi faolllik darajasi, erishilgan yutuq hamda yo’l qo’yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg’or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo’llaniladi.