3-AMALIY MASHG‘ULOT MAVZU: TARBIYANING UMUMIY METODLARI Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarning tarbiyaning umumiy metodlariga doir nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ularda tarbiyaviy jarayonda tarbiya metodlaridan foydalanish ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish
Amaliy mashg‘ulotning rejasi. 1. Tarbiya metodlari tasnifini o‘zlashtirish.
2. SHaxs ongini shaklantirish metodlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
3. SHaxsning xulq-atvori va faoliyatini tashkil etish metodlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
4. SHaxsning xulq-atvorini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
1-topshiriq Tarbiya metodlari, usullari va vositalari hamda tarbiya metodlari tasnifiga doir blits-so‘rov savollari 1. Tarbiya metodlari deganda nima tushuniladi?
2. «Tarbiya usullari» tushunchasini qanday izohlash mumkin?
3. Tarbiya vositalari deganda nimani tushunasiz?
4. Tarbiya vositalariga nimalar kiradi?
5. Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari nimalardan iborat?
6. M.Quronov milliy tarbiya metodlarining qanday turlarini tasnif etgan?
9.Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etish natajalariga ko‘ra tarbiya metodlarini qanday guruhlarga tasnif etish mumkin?
2-topshiriq 2.1-topshiriq. Quyida keltirilgan tushunchalardan qaysilari shaxs ongini shakllantirish metodlarini o‘zida ifoda etadi? 1) pedagog obro‘si; 2) etik suhbat; 3) hikoya; 4) ma’ruza; 5) ijtimoiy fikr; 6) jazolash; 7) musobaqa; 8) ochiqlik; 9) izohlash; 10) tushuntirish; 11) o‘git; 12) nasixat; 13) topshiriq; 14) ko‘rsatma berish; 15) namuna; 16) adolatlilik; 17) notatsiya; 18) nazorat; 19) munozara; 20) nutq so‘zlash.
2.2-topshiriq. Quyida qo‘rsatilgan talablardanqaysilari etik suhbat, izohlash va o‘git uchun tegishli ekanligini aniqlang. 1) tarbiyalanuvchi tajribasiga muvofiq bo‘lishi; 2) illyustratsiya; 3) tarbiyachining mahorati; 4) tarbiyachi obro‘si; 5) tinglovchilarning hayratlanishi; 6) nasihat qilish; 7) o‘z vaqtida amalga oshirish.