5-topshiriq. Quyidagi jadvalni to‘ldiring.
Ta’lim metodlari
|
Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari
|
O‘qitishning faol metodlari
|
|
|
|
Uy vazifasi uchun topshiriqlar.
1.“Pedagogika fan sifatida. Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari” mavzusini o‘qib, o‘rganish.
Adabiyotlar:
Umumiy pedagogika // B.X.Xodjaev. Darslik. - T.: “Sano standart” nashriyoti. 2017 yil;
Ibragimov X., Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. - T.: «G‘an va texnologiya» nashriyoti, 2008. - B.26-28;
Podlasыy I.P. Pedagogika. - M: «Vыsshee obrazovanie», 2008. - S.39-50.
2-AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: DARS- TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLI
Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarning dars va uning o‘ziga xosliklariga doir nazariy nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda ularda darsni tashkil etish va o‘tkazishga doir ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish.
Amaliy mashg‘ulotning rejasi.
1. Dars va unga qo‘yiladigan umumiy, didaktik, psixologik hamda metodik talablarni aniqlashtirish.
2. Darsning turlari va tuzilishini o‘zlashtirish.
3. An’anaviy va noan’anaviy dars turlariga doir amaliy topshiriqlarni bajarish.
4. Bir soatlik dars ishlanmasini tayyorlash va uni taqdimot qilish.
1- topshiriq
Dars va unga qo‘yiladigan talablarning o‘zlashtirilishiga doir ijodiy test topshirig‘i
1.1 Kerakli so‘z yoki jumlani topib qo‘ying.
.......... bevosita o‘qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
1.2 Gapni davom ettiring.
Dars ta’limning boshqa shakllaridan farq qiluvchi quyidagi o‘ziga xos belgilarga ega ......................................................................................................
1.3 Gapni tugallang.
Darsga qo‘yiladigan didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish, eng yangi texnologiyalarni kiritish, turli xildagi shakl, metodlar va ko‘rinishlardan mos ravishda foydalanish ...
1.4 Kerakli so‘zni topib qo‘ying.
O‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish kabilarning darsga qo‘yiladigan ....................... talablarni o‘zida aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |