3- topshiriq Quyidagi muammoli vaziyatlar bilan tanishing va ularni hal eting. 1-muammoli vaziyat.
O‘qituvchining hikoyasidan: «O‘g‘lim qorong‘ulikdan va balandlikdan qo‘rqadi. Men imkon boricha uni ana shu qo‘rquvni enga oladigan sharoitga qo‘yaman: gohida ob-havo qandayligini bilib kelish uchun hovliga, gohida esdan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘u xonaga yuboraman. O‘yin paytlari ayrim vaqtda chuqurlikka sakraymanda: daraxtning hov anavi navdasini olib ber. Uni emas, narigi yuqoridagisini deyman...»
O‘qituvchi tarbiya jarayonida qaysi metoddan foydalanmoqda? Mazkur yo‘l orqali natijaga erishish mumkinmi?
2-muammoli vaziyat. Dars boshlanishidan avval o‘qituvchi erda g‘ijimlangan qog‘oz parchasi yotganini ko‘rib, bir o‘quvchidan qog‘ozni olib, axlat qutisiga tashlashni so‘radi. O‘quvchi o‘rnidan turmasdan, qog‘ozni u tashlamaganligi sababli uni olmasligini ma’lum qildi.
O‘qituvchi mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutishi kerak? Qaysi tarbiya metodini qo‘llash orqali vaziyatni ijobiy hal etish hamda guruhni hayratlantirish mumkin ? 3-muammoli vaziyat. Sinf rahbari o‘quvchilarning darslarga yaxshi tayyorgarlik ko‘rib kelishi va yuqori o‘zlashtirishga erishish maqsadida o‘quvchilarga hafta davomida kim ko‘p «a’lo» va «yaxshi» baho olsa, bayroqcha o‘sha o‘kuvchiga takdim etilishi hamda bir hafta davomida uni o‘zi bilan birga olib yurishi mumkinligini aytdi.
O‘qituvchi qaysi tarbiya metodini qo‘llamoqda? Mazkur metodni qo‘llash orqali erishiladigan ijobiy va salbiy natijalarni tahlil etang.
4-muammoli vaziyat. Sinf o‘kuvchilaridan biri doim ertalab darsga kechikib keladi. Bunga odatlanib qolish yomon ekanligi qanchalik tushuntirilmasin, u bu odatini tashlamadi.
O‘qituvchi qanday yo‘l tutish orqali o‘quvchini bunday salbiy odatni tashlashiga erishish mumkin? Qaysi tarbiya metodlarini qo‘llash orqali bunga erishish mumkin?
Uy vazifasi uchun topshiriqlar. 1.Tarbiya metodlari, usullari va vositalari tushunchalarini o‘zlashtirish.
Adabiyotlar: Umumiy pedagogika // B.X.Xodjaev. Darslik. - T.: “Sano standart” nashriyoti. 2017 yil;
Pedagogika // M.X.Toxtaxodjaeva umumiy tahriri ostida. - T.: «Faylasuflar Milliy jamiyati», 2010. - B. 199-200;
Ibragimov X., Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. - T.: «G‘an va texnologiya» nashriyoti, 2008. - B.26-28;
Podlasыy I.P. Pedagogika. - M: «Vыsshee obrazovanie», 2008. - S.39-50.