Фарғона-2023 umumiy pedagogika o’quv – uslubiy majmua


Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə76/137
tarix27.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#149582
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137
Barcha yo`nalish majmua

Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlari:rag‘batlantirish, tanbeh berish, uyaltirish.
Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usulidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglash olishi zarur.
Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Uyaltirish - o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya uchun mas’ul bo‘lgan subektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm- hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
3.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘liq:
Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin