OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʻLIM VAZIRLIGI FARGʻONA DAVLAT UNIVERSITETI Matematika va informatika fakulteti
“Matematika” yoʻnalishi”
“Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan
KURS ISHI Mavzu: Bog’liqsiz tajribalar ketma-ketligi.Binomial taqsimot
Bajardi: “Matematika” yoʻnalishi
20.05A-guruh talabasi Umarova
Dilobar
Ilmiy raxbar: “Matematika” kafedrasi oʻqituvchisi Abdumannopov M
REJA
KIRISH
ASOSIY QISM 1-§. Tasodifiy hodisalar va ularning klassifikatsiyasi
2-§. Tasodifiy miqdor tushunchasi
3-§. Koʻp oʻlchovli tasodifiy miqdorlar va ularning birgalikdagi taqsimot funksiyasi
4-§. Bogʻliqsiz tajribalar ketma-ketligi. Bernulli formulasi
5-§. Binamial taqsimot
6-§. Bernulli teoremasi
XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Bugungi kunda farzandlarimizning maʻnaviy olamini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi biz uchun eng dolzarb vazifa boʻlib qolmoqda.
Mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazishning eng muhim sharti boʻlgan taʻlim-tarbiya masalasi haqida soʻz borganda, biz koʻpincha sohaning moddiy texnik bazasini mustahkamlash, yangi maktablar, litsey va kollejlar, oliy oʻquv yurtlari barpo etish, ularni zamonaviy jihozlash haqida koʻproq gapiramiz. Holbuki, ayni shu ishlarimiz bilan birga, taʻlimning mazmuni, sifati ham tubdan oʻzgarmoqda.
Eng muhimi, zamonaviy bilim va tafakkurga, sogʻlom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor boʻlgan, koʻzi yonib turadigan navqiron avlodimizkatta ishonch bilan hayotga dadil kirib kelayotgani barchamizni quvontiradi. Barchamiz bugun chuqur anglab oldik , faqatgina zamonaviy asosda taʻlim tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va maʻnaviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga koʻtarishga bogʻliq boʻladi.
Barkamol avlodni tarbiyalash insoniyatning eng yorqin orzusi boʻlib kelgan. Biroq dunyo xalqlarining barchasi ham bu haqida oʻylayvermagan. Bunday orzudagi insonlar azaliy maʻrifatga, madaniyatga mansub boʻlgan yurtlarning donishmandlari eng moʻtabar ziyolilari, hukmdorlari hisoblanganlar. Ularning orasida Oʻzbekiston deb atalmish muazzam zaminimizda yashagan bobolarimizning oʻz oʻrni va hurmati bor. Bu jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan haqiqatdir. XXI asr aql-zakovat, maʻnaviyat va bilimdonlik asridir. Bu hol ijtimoiy-iqtisodiy, maʻnaviy taraqqiyotida tub oʻzgarishlar qilish lozimligini taqozo qiladi. Bu tub oʻzgarishlar hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida uni bartaraf etish yoʻllarini izlab topishga undamoqda.