Fayzieva mavluda xudayarovna shaxsda psixologik himoya mexanizmini shakllantirishning ijtimoiy-etnik asoslari


Laboratoriya ishi 3.2. Shaxslararo munosabatlar xarayonida konstruktiv psixologik himoyadan foydalanish (12 soat)



Yüklə 1,81 Mb.
səhifə77/79
tarix10.05.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#110585
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
10.05.2023

Laboratoriya ishi 3.2. Shaxslararo munosabatlar xarayonida konstruktiv psixologik himoyadan foydalanish (12 soat)
Maqsad: shaxslararo munosabatlar jarayonida konstruktiv psixologik himoya ko‘nikmalarini egallash.
Mashg‘ulotning mazmuni:
Shaxsning psixologik o‘zini himoya qilish usullari.
Mojaroni bartaraf etish strategiyalari.
Psixologik ta’sirga qarshi turish texnologiyalari: his-tuyg‘ular monitoringi, psixologik sambo, axborotli dialog, konstruktiv tanqid, madaniyatli o‘zaro kelishuv.
Bundan tashqari, psixologik himoyaning konstruktiv usullarini shakllantirish uchun amalga oshiriladigan mashqlar ham mavjud.
Konspekt” o‘yini. Maqsad: mojaroni hal qilish uchun konstruktiv strategiyalarni shakllantirish. O‘yinda 2 kishi ishtirok etadi. Birinchi ishtirokchiga ko‘rsatma: "Siz birgalikda imtixon uchun tayyorgarlik ko‘rdingiz, biri har bir javob yakunida xulosa yozgan, ikkinchisi esa yo‘q. Siz bugun imtixonni topshirasiz va u ertalabdan beri do‘stidan xulosa so‘radi. Siz sinovni topshirdingiz, juda xursandsiz va ketayotib, xulosani olishni unutdingiz. Qaytib kelganingizda, kursdoshlaringizdan hech kim yo‘q edi va hatto esdan chiqarib qoldirgan xulosa ham yo‘q edi".
Har ikkala ishtirokchi uchun ko‘rsatma: "siz koridorda uchrashib, hayotda odatdagidek harakat qilishingiz kerak"
O‘yindan so‘ng tahlil qilindi: birinchi navbatda, topshiriq bergan kuzatuvchilar, keyin ishtirokchilarning munosabati tinglandi. Ishtirokchilarning konstruktiv darajalariga baho berildi va o‘yinda qanchalik amalga oshirilganligi aniqlashtirildi.
"Arg‘amchi" mashqi. Maqsad: konstruktiv psixologik himoyani shakllantirishning shaxsiy-professional ahamiyatini aniqlash. Guruh teng ikkiga bo‘lingan, har bir kishi bir-biriga qarama-qarshi ikkita chiziqda o‘tiradi. Mashqni olib boruvchi psixologning kasbiy faoliyatida psixologik himoyani qo‘llash maqsadga muvofiqligi muammosini muhokama qilish vazifasini beradi. Bir tomon topshiriq yechimiga "roziman", deb javob bersa, ikkinchi qatordagi raqib "qarshi" ovoz beradi. Birinchi kichik guruhning birinchi ishtirokchisi o‘zining g‘oyasini gapirganda, boshqa kichik guruhning ishtirokchisi uning fikrini tinglab, biror-bir dalilni tahlil qilish asosida bu masalaga to‘g‘ri javob berishga harakat qiladi va o‘z-o‘zidan muammo yechimini topish uchun munozara paydo bo‘ladi. Sevimli va kutilmagan dalillar tahlil qilinadi. Umumiy ovoz berishda eng muhim va mazmunli dalillarni taqdim etgan kichik guruhga yutib chiqqanligi haqidagi yakuniy qaror qabul qilinadi.
Asosiy adabiyotlar:
1. Грановская Р.М., Николская И.М. Психологическая зашита у детей. - СПб.: Реч, 2010. – 352 с.
2. Райгородский Д.Й. Самосознание и зашитние механизми личности. - Самара: Бахрах –М, 2008. – 655с.
3. Субботина Л.Й. Психологическая зашита и стресс. – М., Гуманитарний сентр, 2013. – 300 с.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Асеева И.А. Успешний учител: тренинговие и коррекционние программи. – СПб.: Реч, 2006. – 208 с.
2. Баева И.А. Тренинги психологической безопасности в школе. –СПб.: Реч, 2002. – 251 с.
3. Бодров В.А. Психологический стресс: развитие и преодоление.-М.: ПEР СE, 2007. – 528 с.
4. Василев Н.Н. Тренинг преодоления конфликтов. – СПб.: Реч, 2006. 174 с.
5. Долгова В.И., Соболева О.А. Формирование конструктивной психологической зашити будуших педагогов-психологов: Монография. - Челябинск: Изд-во «АТОКСО», 2006. – 184 с.
6. Доценко ЙE.Л. Психология манипуляции: феномени, механизми и зашита. – СПб.: Реч, 2004. – 304 с.
7. Киршбаум Э.И. Психологическая зашита. – М.: Смисл, 2005. – 181 с.
8. Митина Л.М. Эмоционалная гибкост учителя: психологическое содержание, диагностика, коррекция. – М.: Флинта, 2001. – 192 с.
9. Психогимнастика в тренинге / Под ред. Н.Й. Хряшевой. – СПб.: Реч, Институт тренинга, 2000. – 256 с.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin