amilolitik ,proteolitik fermentlar va sellyulazalardan foydalaniladi. Buning natijasida ekish uchun mo’ljallangan arpa chiqimi kamaytirildi, uning o’rniga turli xil donlar aralashmasidan foydalanildi, va kraxmalning yo’qotilish chiqimi ham kamaydi. Birgina solodlanmagan donlarning o’zidan pivo ishlab chiqarish hajmi 15-25% ga orttirildi. Gollandiyada 100% solodlanmagan mahsulotlardan tajriba asosida pivo ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.
Go’sht- sut va baliqchilik sanoatida ham fermentlarning qo’llanilishi natijasida go’sht ba baliq mahsulotlarining yumshoqligi, sifati va mahsulot chiqimining ortishiga imkoniyat yaratdi.
Oziq – ovqat sanoatida foydalaniladigan asosiy fermentlar preparatlari genetik modifikatsiyalangan organizmlardan gen injeneriyasi metodlari orqali olingan va foydalanishga ruhsat etilgan. Bularga: В. Stearothermophilys dan, В. Megateriumdan olingan α- amilaza, proximozin A genini tutuvchi E.coli K-12 shtammidan olingan ximozin A fermentlari kiradi.
Hozirgi kunda oziq- ovqat sanoatining turli sohalarida, turli bosqichlarida ferment preparatlaridan juda keng foydalanilmoqda.
Ferment preparatlari qandolatchlik sohasida ham qo’llaniladi. Unchalik ko’p miqdorda bo’lmasa ham ularning rolini baholash juda qiyin. turli xil texnologik effektlarning muvaffaqiyatli chiqishida, ishlab chiqarishning iqtisodiy yuksalishida va tayyor mahsulotlarga istalgan moddalarni qo’shishda juda katta. Quyida Germaniyaning AB Enzymes kompaniyasi tomonidan foydalaniladigan preparatlarning ayrimlari haqida keltirib o’tamiz.
Qo’llanilish sohasi
Texnologik jarayonlarning etaplari va fermentlar qo’llanilishining texnologik maqsadlari
Donlarni qayta ishlash sohasida
Un chiqishining ko’payishi, kleykovina sifatining yaxshilanishida, don-dukkakli ekinlardan olinadigan modifikatsiyalangan un ishlab chiqarishda
Novvoychilikda
Un chiqimini kamaytirishda, xamirni yaxshilashda, mahsulotlarning suvsizlanib qotib qolishini sekinlatishda, non qirralari rangini yaxshilashda, sovutilgan va muzlatilgan xamir ishlab chiqarishda.
Pivo ishlab chiqarishda
Filtrlashni yaxshilashda, kam kaloriyali pivo ishlab chiqarishda, pivoni stabilizatsiyalashda
Sut mahsulotlari texnologiyasida
Sutni koagulyatsiyalash, pishloq ishlab chiqarishda tarkibida shirdon suvi bo’lgan fermentni almashtirish, sut oqsilini modi0fikatsiyalash, pishloq ta’mini hosil qilishda, fermentativ modifikatsiyalangan pishloq ishlab chiqarishda, vodorod peroksidini yo’qotishda, sut shakarini olishda
Vino, meva sharbati, gazlangan ichimliklar, va konservalar ishlab chiqarishda
Tiniqlashtirishda, sharbatdan kraxmalni olib tashlashda, mahsulot chiqimini oshirishda, shirin ta’mli likerlar olishda, vino va sharbatlarni stabilizatsiyalashda, mag’izli sharbatlar va pyurelar ishlab chiqarishda
Kraxmalni qayta ishlash sanoatida
Mahsulot chiqimini oshirishda, kraxmalni modifikatsiyalshda, suyultirish, shakarsizlantirish, glukoza- fruktoza va donli siroplarni olishda
Donlarni separatsiyalashda, ta’mi va hidini yaxshilashda
Oqsil ishlab chiqarishda
Oqsil va polisaxridlarni gidrolizlashda, g’ovakligini kamaytirishda, modofikatsiyalangan oqsil va polipeptidlar ishlab chiqarishda
Shakar ishlab chiqarishda
Kraxmal, oqsil, polisaxaridlarni yo’qotishda,
Aromatizatorlar ishlab chiqarishda
Nozik hidlar sintez qilish, tabiiy aromatik efirlar olish va boshqalar
Yog’ va moy ishlab chiqarishda
Mahsulot chiqimini oshirish, yog’larni modifikatsiyalash, moylarni ekstraksiyalash, biologik aktiv moddalar(letsitin, tokoferol, karatin va boshqalar)ni ishlab chiqarish
Go’sht mahsulotlari texnologiyasi
Mahsulot chiqimini oshrish, tenderizatsiyalash, go’sht ekstraklarini olish, oqsillarni tekstura qilish, saqlash muddatini uzaytirish
O’simlik ekstraktlarini ishlab chiqarish
Ekstraksiyalash uzunligini kamaytirish, filtratsiyani yaxshilash, pigmentlar chiqishini oshirish, choy va choy ekstraktlarini ishlab chiqarish, aromat va rangini kuchaytirish
Pektin ishlab chiqarishda
Texnologiyani soddalashtirish, chiqish hajmini oshrish, eterifikatsiya darajasini nazorat qilish
XULOSA
Yuqorida juda ko’plab fermentlarning qo’llanilish sohalari va ularning ahamiyati haqida aytib o’tdik. Shu olingan ma’lumotlarimizni quyidagi jadval yordamida qisaqacha ifodalab fikrlarimizni xulosalaymiz.