Filologiya fakulteti



Yüklə 64,22 Kb.
səhifə5/9
tarix01.05.2023
ölçüsü64,22 Kb.
#105328
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Latofatxon

Usmon Nosir asarlarida qo’llangan badiiy san’atlar xususida.
She’riyatning tabarruk ,muqaddas dargohida anvoyi bir chamanzor ,sira xazon bo’lmaydigan mo’jaz bog’ yaratib ketgan Usmon Nosir ulug’ va abadiy she’riyatning diydasidan oqib ulgurmagan shabnamdir.U hali qahqahaga aylanmay lablarimizda manguga qotib qolgan tabbasumdir.Uning she’rlari ko’z kabi tirik ,jonli ,tutqich bermas hayot poralaridir.
Bog’larga namozgar salqini tushdi
Gullar ham bargini qayirdi asta
Oftob ham suv ichar tog’lardan pastda
Loladek qip-qizil o’t-shafaq o’chdi.
Bu kabi satrlar ijodkorning umuman she’riy qiyofasini, poetik ohangini belgilaydi . O’zining yuksak matonati va xalqparvarligi ,betakror istedodi bilan “Xalq dushmani” tamg’asi bosilib qamoqqa olinganda ham ,zamon zayli bilan tegirmon umoniga tashlanganda ham, u hech qachon o’zining jo’shqin harakatidan to’xtamagan .O’zining el-yurt oldida mutlaqo aybsiz ekanligiga qat’iy ishongan.Jasoratli ,otashqalb Usmon Nosir 1940-yil 2-avgustda kimsan o’sha Stalin nomiga ariza yozadi.Qamoqda o’tirgan vaqtida ham “She’riy roman”, 3ta sahna asari,ko’plab she’rlar yozganini xabar qiladi “Men hali yoshman,g’ayratga to’laman! Men halqimning farovonligi uchun ijod qilishim kerak,men aybsizman”-deya “Saltanat sultoniga” ariza bitgan dovyurak shoir edi.Unga nisbatan oqlov e’lon qilinganda afsuski shoir bu dunyoda o’chmas umr zarvaraqlarini to’ldirib bo’lgandi.
2022-yil 10-fevral kuni O’zbekiston Prezidenti tomonidan “Otashin shoir,tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to’g’risida qaror qabul qilindi”. Bu esa Namangan adabiy muhitidan chiqan o’ktam shoirga chuqur hurmat va ehtrom ifodasi edi.
Filologiya fanlari kandidanti ,dotsent O’tkir Rashid tabiri bilan aytganda “Shoir hali yashayapdi. U sevgan bog’ida, sevgan elinining dilida yashayapdi”.
Usmon Nosir she’rlarining mavzui ,mazmuni, xarekteri va tabiatiga qarab adabiyotshunos Ibrohim G’ofurov Usmon Nosirni “Yo’lchi” deb ataydi.”U har bir she’rida bizga yo’lchi siymosida gavdalanadi.U o’zini yo’lchi deb atashni yaxshi ko’radi”,-deydi.Bu tabir to’g’ri shoir xuddi sayohatchi ,yo’lchi kabi yurib ,yo’llarda ko’rgan odamlarni, hodisalarni va tabiiat go’zaligini suratini she’r orqali oladi.
Ijodkor lirikadan tashqari “Norbo’ta”, Naxshon” dostonlari “Atlas”,”So’ngi kun”,”Zafar” “Dushman” dramalar mualifi hisoblanadi.
Ko’z tutdim, ko’zlarim nigoron bo’ldi,
O,dilbar,siymbarim,yuzlari qirmiz,
Kiprigi ko’ksiga soya slogan qiz,
Ko’z tutdim,yuragim to’la qon bo’ldi.
“Naxshon”dostonidagi bu parchada shoirning maashuqani intizor nigohi bilan kutgan ekanligini ,u naqadar go’zal ,xatto kipriklari uzunligidan ko’ksiga soya solishini aytadi.Shu o’rinda shoir Muhammad Yusufning “Kipriklari uzun kokillaridan …”misralari beixtiyor yodimizga tushadi.
Oʻzbek adabiyotining yorqin va zabardast shoirlaridan biri, shubhasiz, Usmon Nosirdir. Usmon Nosir - oʻzbek Lermontovi, oʻzbek adabiyotining chaqmoq shoiri. Shoir atigi 32 yil umr koʻrgan boʻlsada, oʻzbek sheʼriyatiga ulkan meros qoldirishga ulgurdi.
Usmon Nosir 1912 yilning 13 noyabrida Namanganning Chuqurkoʻcha dahasida dunyoga keladi. Shoir toʻrt yoshligida otasi vafot etadi. Onasi Xolambibi Nosirhoji ismli insonga turmushga chiqadi va oila Qoʻqonga koʻchib oʻtadi. Shunda Nosirhoji yosh Usmonni bolalar uyiga topshiradi. Usmon Nosir maxsus internatda taʼlim oladi.
1929-1930 yillarda atigi bir yil Usmon Nosir Moskva Kinematografiya institutining stsenariy fakultetida oʻqiydi, biroq oʻqishini tugallamaydi. 1930-1933 yillarda Qoʻqondagi qisqa muddatli taʼlim va tarbiya kurslarida oʻqituvchi, ilmiy boʻlim mudiri va shahar teatrida adabiy emakdosh boʻlib ishlaydi.
1930-1933 yillarda Usmon Nosir Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Pedagogika akademiyasi (hozirgi Samarqand Davlat universiteti)ning til va adabiyot fakultetida bir muddat tahsil oladi. 1934 yil Toshkentga koʻchib keladi va “Yosh Leninchi” gazetasida ishlaydi.
Boʻlajak shoirning ilk sheʼri “Haqiqat qalami” boʻlib, 1927 yilda “Yangi yoʻl” gazetasida bosib chiqiladi. 1931 yilda fuqarolar urushi mavzuiga bagʻishlangan “Norboʻta” nomli dostonini yaratadi. Doston “Yangi Fargʻona” gazetasida eʼlon qilinadi. Shoirning ilk sheʼriy toʻplamlari “Quyosh bilan suhbat” va “Safarbar satrlar” 1932 yilda nashr etiladi. Shundan soʻng “Naxshon”, “Nil va Rim” dostonlarini, 1934 yilda “Traktorobod”, 1935 yil “Yurak” va 1936 yilda “Mehrim” nomli sheʼriy kitoblari nashr etiladi.

Yüklə 64,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin