Filologiyasi fakulteti adilova fanuza shodiyor qizi bitiruv malakaviy ishi


Yaxshilik va yomonlik mavzusiga oid bo’lgan o



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/21
tarix12.08.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#139241
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
adilova bmi

3.2 Yaxshilik va yomonlik mavzusiga oid bo’lgan o

zbek va ingliz 
tillaridagi maqollarning o

zaro o

xshash va farqli jihatlari. 
Kundalik hayotimizda uchrovchi turli xil narsalarni hamisha ikki xil, ya’ni 
bir-biriga qarama-qarshi jihatlari orqali bilamiz. Bular ichida eng ko‘p uchrovchi 
hodisalardan yaxshilik va yomonlik xislatlaridir. Yoki tilimizda bularni ijobiy 
bo‘yoqdor so‘zlar va salbiy bo‘yoqdor so‘zlarga ajratamiz. Yaxshilik va yomonlik 
leksemalarining maqollarda keng ko’lamda uchrashi tabiiy holdir. Chunki maqollar 
xalqning hayotiy haqiqatga nisbatan qarashlarini va munosabatlarini ko’rsatuvchi 
hodisadir. Shu o‘rinda ingliz va o‘zbek maqollarida uchrovchi yaxshilik va 
yomonlik mavzusidagi maqollar xalqning ushbu tushunchalarga bo‘lgan 
munosabatlarini yaqqol ifoda etadi. Keltirilgan fikrlarimizni isbotlash maqsadida 
quyida bir qator yaxshilik va yomonlik mavzusidagi ayrim o‘zbek va ingliz 
maqollarining semantik tahlillarini keltirib o‘tamiz. Quyida tahlil qilmoqchi bo’lgan 
yaxshilik va yomonlik mavzusidagi o’zbek va ingliz xalq maqollarini asosiy manba 
sifatida K.M.Karomatova va H.S.Karomatovlarning “Proverbs. Maqollar. 
Пословицы” deb nomlangan kitobidan keltiramiz.
Inglizcha maqol :
A bad excuse is better than none 
O‘zbekcha variant: 
Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,
Yomon gap bilan musulmon dinidan.
Maqolning inglizcha variantini o‘zbek tiliga tarjima qilsak, umuman kechirim 
so‘ramagandan ko’ra kech bo‘lsa ham kechirim so‘ragan ma’qul degan tarjimani 
beradi. Maqol bir qarashda o‘zbekcha 
“Hechdan ko‘ra kech yaxshi”
maqolini esga 
tushirishi mumkin. Ammo maqolning har ikkala tildagi variantini chuqur tahlil qilib 
chiqadigan bo‘lsak, 
“Hechdan ko’ra kech yaxshi”
muqobil variant bo‘lolmasligiga 
amin bo’lamiz. Negaki 
“A bad excuse is better than none” 
maqoli ingliz xalqi 
tomonidan insonni kechirimli bo‘lishga, har qanday sharoitda ham insonlar orasida 
yaxshi xulq-atvorli bo‘lish kerakligiga o‘rgatadi. Inson yaxshilik bilan, shirin 
so’zlilik orqali ko’plab yutuqlarga erishishi va hayotini bir tekisda olib borishi 
mumkinligi aytiladi. Maqolning o‘zbekcha variantida keltirgan fikrlarimizning 
yanada ta’sirchan qilib ifodalanganini ko‘ramiz. Ya’ni:


41 
“Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar, 
Yomon gap bilan musulmon dinidan”
maqoli orqali o‘zbek xalqi insonni hamisha shirinso‘z bo‘lishi kerakligini 
uqtiradi. Maqolda ishlatilgan “ilon” obrazi qanchalik xavfli hayvon ekanligi 
barchaga ma’lum. Aslida bu obraz tagida salbiy xususiyatli insonlar qo’shtirnoq 
ichiga olinadi. Ya’ni har qanday yomon, razil, zahar insonlar ham yaxshi gapga 
kirishi mumkinligi xalq tajribasidan kelib chiqqan holda maqolda o‘z aksini topadi.
Demak, keltirib o‘tgan maqolimizning har ikki tildagi variantlari bir xil 
ma’no-mazmunga ega. Bu jihatdan o’zbek vaingliz xalqining insonlar orasidagi 
muloqotda g‘oyatda shirin so‘z bo‘lish kerakligi insonlarga xos xususiyatlardan biri 
ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbek va ingliz xalq maqollari sirasiga kiruvchi maqollardan:
Inglizcha:
A bad beginning makes a bad ending
 
O’zbekcha: 
Yomonchilik bo'lganda, qor ustiga muz yog'ar. 
Inglizcha:
A good beginning makes a good ending. 
O’zbekcha: 
Yaxshi yil — bahoridan,
Yomon kun — saharidan ma’lum.
singari maqollar eng ommabop maqollar sirasiga kiradi. Biror ishning natijasi 
qanday bo‘lishi, uning qanday boshlanishiga bog‘liq ekanligi maqollarda ham o‘z 
aksini topa olgan. Odatda boshlagan ishimizning yakuni uni qanday ruhiyatda 
boshlashimizga va yon - atrofimizdagilarni bunga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq 
bo‘ladi. Shuning uchun ham ishni yaxshi boshlasak yaxshi, aksincha, yomon 
boshlasak, yomon yakun topishi maqollarda ifodalangan. Bunga qo‘shimcha qilib 
quyidagi maqolni ham keltirib o‘tsak bo‘ladi.
Inglizcha:

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin