31
Metafora (istiora).
Xalq maqollarida ko‘p
uchraydigan yana bir badiiy-
tasviriy vositalardan biri metaforadir. U badiiy adabiyotlarda qisqacha o‘xshatish
deb ham yuritiladi. Maqollarda istioraviy ko‘chimlar asosan yetakchi semantik
vazifani bajaradilar.
Masalan:
“Et bilan tirnoqni ajratib bo‘lmas”
maqolidagi “et va tirnoq” so‘zlari
yaqin qarindosh-urug‘, og‘a-ini o‘rtasidagi yaqinlikka ishora qiladi.
Folklorshunos olimlarning fikricha, maqoldagi asosiy mazmunni keng bayon
etish, uning mohiyatini atroflicha sharhlashga maqol tabiatidagi lo‘ndalik va
ixchamlik yo‘l bermaydi. Shuning uchun ham mazkur janrda metaforik
tasvir juda
qo‘l keladi.
Mubolag
‘
a san’ati.
Maqollarda xalq tajribasida sinalgan ezgu ideallar
kuchaytirilib, xalq idealiga mos kelmaydigan xislatlar salbiy jihatdan bo‘rttirib
tasvirlanadi. Bunday holatlarda biz maqollarda mubolag‘a san’ati qo‘llanilganini
ko‘ramiz. Masalan: “nafsi buzuq hayitda o‘lar”da xalq idealiga mos kelmaydigan
ochko‘zlik, nafsi buzuqlik qoralanadi. Bu esa
shunchaki oddiy baholash emas,
balki xalqning g‘oyaviy-estetik bahosi sifatida keltiriladi. Xalq idealida qoralangan
narsa hech qachon ijtimoiy hayotda yashamasligi lozim.
Jonlantirish.
O‘zbek xalq maqollaridagi jonlantirish usuli juda muhim
vositalardan biridir
.“O‘tin ayirgan bolta maydonda qolar “
maqolini tahlil
qilsak, bu yerda gap jonsiz predmet “bolta”haqida so‘z ketyapti. Aslida bolta
biror narsani kesish, o‘tin yorish uchun yaratilgan predmetdir. U o‘z-o‘zidan o‘tin
yorolmaydi. Mohiyat jihatidan bolta – adolatsiz, odam ayiradigan shaxslarga qarata
ishlatiladi. Maqoldagi axloqiy-falsafiy mazmun “o‘tin ayiradigan bolta” obrazi
orqali ifodalangan. Xullas, o‘zbek xalq maqollarida badiiy ifoda hamda
tasviriy
vositalar rang-barang bo‘lib, ular asar mazmunini reallashtirish va maqolning
izchil g‘oyaviy vazifasini bajarishga imkon beradi. Bu o’rinda
maqollar ustida olib
borilayotgan izlanishlar xalq madaniy merosini yanada boyitish va mustahkamlash
uchun xizmat qiladi. O‘zbek folklorshunoslaro tomonidan qilingan ishlar g‘oyat
tahsinga sazovordir.