Antropotsentriklik
. Maqol har doim insonga murojaat qiladi. Maqol insonga
yashashni o‘rgatadi. Unga biron hatti-harakatni amalga oshirishni buyuradi yoki uni
man etadi. Maqollarda hayvonot yoki narsa nomi ostida inson tushuniladi.
Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqar,
Yomonga yaqin yursang, olasi.
Tilning antroposentrik tadqiqiga doir N.Mahmudovning quyidagi fikrlari
ushbu masala mohiyatini shunday umumlashtiradi: “Tilning ana shunday
obyektiv xususiyatiga muvofiq ravishda antroposentrik paradigmada inson
asosiy o‘ringa chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur
hisoblanadi.
Antropotsentriklik va badiiy matnda inson konsepsiyasi to‘g‘risida N. M.
Churilina, N. V. Chesnokova va O. V. Botayevalarning ilmiy ishlarida ko‘rishimiz
mumkin.
Shu tarzda maqol o‘zining tashqi soddaligiga qaramay murakkab hodisa
hisoblanadi. Bir paremiologik birlik o‘laroq u mantiq, semiotika, lingvistika,
folkloristika va boshqa fanlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni ta`kidlash joizki, yaxshilik har doim yomonlik va
yovuzlik ustidan g‘alaba qilishi, insonni yaqinlariga, atrofdagilarga mehr-oqibatli
bo‘lishga chorlashi maqollarimizda o‘z aksini topgan. Maqollar orqali o‘zbek
xalqining
tarixi
qadimiyligini,
milliy-madaniyati
naqadar
kuchli
va
mustahkamligini, mentalitetining yuqori darajadaligini, madaniyatning tilda
namoyon bo‘lishini dalillab beradi.
27
2.2. “Yaxshilik” tushunchasining bilvosita ifodalanishi
Maqollarning yaratuvchisi milliy madaniyati shakllangan, madaniyatga
ega bo‘lgan xalq hisoblanadi. Maqollar kishilarning hayot tajribasidan kelib
chiqib aytgan gapi bo‘lsa-da, u yillar davomida shakllanib, ma’lum bir
o‘zgarmas qolipga solingan madaniyatning bir ko‘rinishi hisoblanadi.
Yangilik yaratar bir kishi,
Bahramand bo‘lar har kishi.
Ushbu maqolda yaxshilik tushunchasi bilvosita ishtirok etmoqda. Maqoldan
anglashilgan ma`no shundayki, inson umri davomida qilgan yaxshiligidan
odamlar bahramand
O‘ng qo‘ling bersin, chap qo‘ling bilmasin.
Inson yaxshiliklar, ezguliklar qilishga qodir. Yaxshilik qildingmi, yashir. Kimgadir
yaxshilik qildingmi, uni boshqalarga oshkor qilma, hatto o‘ziga ham bildirma.
Shunda chinakam yaxshilik qilgan bo‘lasan.
O‘zingga ravo ko‘rmaganni
O‘zgaga ham ravo ko‘rma.
Ushbu maqolda yaxshilik tushunchasi bilvosita qo‘llangan bo‘lib, uning zamirida
o‘zing nimani yaxshi deb hisoblasang, boshqalar uchun ham shuni ravo ko‘r, sen
yomon deb hisoblagan narsani boshqalarga ravo ko‘rma ma’nosi yotadi. Xalqimizda
“Pichoqni avval o‘zingga ur, botmasa birovga” degan naql ham bejizga aytilmagan.
Odam kimgadir yomonlik qilishdan oldin, o‘zini o‘sha odamni o‘rniga qo‘yib
ko‘rishi kerak. Nimani his qilsa, o‘zga insonni ham shunday o‘ylashi lozim.
Tosh bilan urganni osh bilan ur.
Ushbu maqol insonni har qanday yomonlikka ham ezgulik bilan javob qaytarishga
undaydi. Xalqimizda “Tosh otganga osh ot” qabilidagi maqol ham yuqorida
keltirilgan maqolimizga sinonim sifatida qo‘llaniladi.
O‘lganda go‘ring keng bo‘lsin,
Tiriklikda — fe’ling.
Yaxshi xulq – go‘zal fazilatdir.
O‘tib ketguncha, ekib ket.
28
“Yaxshidan bog‘ qoladi, Yomondan dog‘” deydi dono xalqimiz. Keltirilgan
maqolimizda hayotda shunchaki yashab o‘tib ketma, o‘zingdan yaxshi nom,
yaxshiliklar qoldir sngari go‘zal fikrlar ilgari surilgan.
Qoqilsa, suya,
Yiqilsa, ko‘tar.
Kimnidir yiqilganini ko‘rsang, unga suyanch, tayanch bo‘l. Qo‘lingdan
kelganicha yaxshilik qil.
Quduqni kim qazir,
Suvini kimlar ichar.
Yaxshi odam qilgan yaxshiligi orqasidan boshqalar ham bahramand bo‘lishadi.
Uning yaxshiligi atrofdagilarning hojatini chiqaradi.
Qo‘lingdan kelsa, qo‘lingdan ber,
Qo‘lingdan kelmasa, yo‘lingdan ber.
Xalq maqollari o‘zbek xalqining boy o‘tmish tarixini o‘zida mujassam
etgan bitmas-tuganmas xazinadir. Ularda ilgari surilgan vatanparvarvarlik,
ezgulik, yaxshilik singari g‘oyalar shaxsning komil inson sifatida yuksalishiga,
qalbida ezgulik hissini uyg‘otishga ta`mal toshi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbek xalq maqollari orasida “yaxshilik” tushunchasini ifoda etuvchi
ko‘plab maqollar mavjud:
Yaxshi bilan yursang,
Kunda bozor.
Yomon bilan yursang,
Ko‘ngling ozar.
Yaxshi bilib so‘zlar,
Yomon tilib so‘zlar.
Yaxshi bitirar,
Yomon yitirar.
Yaxshi boshlaydi yo‘lga,
Yomon tushirar qo‘lga.
Yaxshi bo‘lsang, bolday bo‘l,
29
Yomon bo‘lsang, uvday bo‘l.
Yaxshi bo‘lsang, yaqin ko‘p.
Yaxshi bo‘lsang, yasharsan,
Nasibangni osharsan.
Yaxshi bo‘lsang, o‘zarsan,
Yomon bo‘lsang, to‘zarsan.
Yaxshi yonida yomon ham o‘ngishadi.
Yaxshi joningga o‘rtoq,
Yomon — noningga.
Yaxshi otga o‘g‘irlik ko‘p,
Yaxshi xotinga — zo‘rlik.
Yaxshi otga qamchi kerakmas,
Yaxshi qizga — sovchi.
Yaxshi otdan yiqilsa, yomon — tabachi,
Yomon otdan yiqilsa, yaxshi — hudaychi.
Yaxshi uydan yaxshi tutun chiqar.
Yaxshi xislat — go‘zal fazilat.
Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi.
Yaxshi yurgan yerida,
Tinchlik solar eliga.
Yomon yurgan yerida,
O‘t qo‘yadi eliga.
Yaxshi o‘zini yomonning yonida tanitar.
Yaxshiga yov yarashmas,
Yomonga — dov.
Yaxshiga el dil ochar,
Yomondan turmay qochar.
Yaxshiga qora yuqmas,
Yomonga el boqmas.
Yaxshida gina bo‘lmas,
30
Yomondan gina ketmas.
Yaxshida yarog‘ bo‘lmas.
Yaxshidan yomon tug‘ilsa,
Eli topilmas.
Yomondan yaxshi tug‘ilsa,
Tengi topilmas.
Yaxshidan yomon chiqdi, deb kuyinma,
Yomondan yaxshi chiqdi, deb suyunma.
Yaxshidan — nazar,
Yomondan — hazar.
Yomonlar qopib so‘zlar.
Yaxshilarga xizmat qilsang,
Ham aytadi, ham qaytadi.
Yaxshilik ikki jahonni orttirar.
O‘zbek xalq maqollarida badiiy san’atlarning juda ko‘p ishtiroki kuzatiladi.
Shu o‘rinda o‘zbek olimlaridan K.Imomov, T.Mirzayev, B.Sarimsoqov va
O. Safarovlar maqollarda eng ko’p uchraydigan badiiy vositalarni quyidagicha
ifodalaydi:
Dostları ilə paylaş: |