25
Yaxshi — el g‘amida,
Yomon — o‘z g‘amida.
Struktur-semantik tugallik
. Bu xossa maqollarni paremiyalarning eng yaqin
bo‘lgan matal (ibora)lardan farqlab turadi. O‘zining grammatik tuzilishiga ko‘ra
maqollar tugallangan gapni (sodda yoki qo‘shma) ifodalaydi,
iboralar esa gap
bo‘laklari yoki tugallanmagan gaplardir. G. L. Permyakov yopiq gap va
ochiq gap
deya ularni
ikki turga ajratishni taklif etadi. U “Birgina doimiy bo‘lakdan iborat
bo‘lgan va shuning uchun nutqda hech o‘zgarmaydigan hamda to‘ldirilmaydigan,
butunlay qoliplashgan gaplar”ni
yopiq gaplar deb ataydi, “Butunlay
qoliplashmagan, ya’ni doimiy bo‘laklardan iborat bo‘lmagan va nutqda to‘ldirilib
turadigan gaplar”ni ochiq gaplar deb ataydi
18
.
Bundan tashqari, barcha maqol-matal gaplar umumlashma darajasiga ko’ra
ikki turga bo’linadi. “Birinchi turdagi gaplarni
xususiy
deb atash mumkin”. Istisno
holatlarda ular biror bir muhim shaxsiy voqea-hodisalarni anglatadi.
Ikkinchi tur
gaplar
umumlashgan
gaplar deyiladi. Ularda “ma’lum bir qonun-qoida,
doimiy
qaytariladigan voqea-hodisa, qoida yoki odat haqida gap boradi. “Xususiy gaplarga
barcha ochiq gaplar (ya’ni matallar) va yopiq gaplardan bir qismi (ya’ni maqollar)
kiradi, umumlashganlarga esa faqatgina yopiq gaplar kiradi”. Tilshunoslik
ensiklopedik lug‘atlarida maqol va matallarni tasniflashga boshqacha yondashilgan.
“Maqol – xalqning amaliy tajribasi va ma’lum bir hayotiy
hodisalarni baholash
asosida yuzaga kelgan, nutq jarayonining ritmik va grammatik mustahkam tuzilgan
ifodasidir. Nutqda matallardan farqli o‘laroq mustaqil hukm vazifasida namoyon
bo‘ladi”.
19
Maqol paremiologik birlik sifatida boshqa turdagi paremiyalar bilan nafaqat
farqli xususiyatlar, balki umumiy xususiyatlarga ham egadir.
18
Пермяков Г.Л. От поговорки до сказки(Заметки по общей теории клише).- М.: 1970, 9-с.
19
Русский язык. Eнциклопедия. -M.:1997, -C.355.