• Tuzilishiga ko
‘
ra.
Bunday tasnifda maqollar tarkibidagi mantiqiy
markazlar miqdoriga qarab bir nechta guruhlarga ajratiladi. Yani:
1. 1 komponentli
2. 2 komponentli
3. 4 komponentli va undan ortiq holatda ham uchrashi mumkin.
Maqollar tilshunoslik nuqtayi nazardan o‘rganilar ekan,
lingvokulturologiyada antroposentrik tadqiq muhim ekanligini ta’kidlash
lozim. Tilshunoslikda bir butunlik doirasida milliy madaniyatning o‘ziga xos
jihatlarini yoritib berishda antoposentrik tadqiqning o‘rni beqiyos, ya’ni ushbu
tadqiq orqali madaniyat-til hamda til-madaniyat munosabati mushtarakligi
o‘rganiladi.
Til dunyo manzarasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ikki jarayonda
ishtirok etadi. Birinchidan, uning negizida insondagi dunyo manzarasining eng
chuqur qatlamlari shakllanuvchi dunyo manzarasining tilga oid ko‘rinishi
shakllanadi. Ikkinchidan, tilning o‘zi insonning maxsus leksika yordamida tilga
16
insonning, u mansub bo‘lgan madaniyatning unsurlarini olib kirgan holda dunyo
manzaralarini ifodalaydi.
Tilshunoslikda bir butunlik doirasida milliy madaniyatning o‘ziga xos
jihatlarini yoritib berishda antoposentrik tadqiqning o‘rni beqiyos, ya’ni ushbu
tadqiq orqali madaniyat-til hamda til-madaniyat munosabati mushtarakligi
o‘rganiladi.
Til dunyo manzarasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ikki jarayonda
ishtirok etadi. Birinchidan, uning negizida insondagi dunyo manzarasining eng
chuqur qatlamlari shakllanuvchi dunyo manzarasining tilga oid ko‘rinishi
shakllanadi. Ikkinchidan, tilning o‘zi insonning maxsus leksika yordamida tilga
insonning, u mansub bo‘lgan madaniyatning unsurlarini olib kirgan holda dunyo
manzaralarini ifodalaydi.
Lingvistik paradigmaga shunday ta’rif berish mumkin: “Lingvistik
paradigma tilshunoslik fani amaliyotida hamma tomonidan e’tirof etilgan
qoidalar, qarashlar namunasi bo‘lib u tadqiqotlar olib borish jarayonida olimlar
tayanuvchi modeldir”.
Ma’lumki, lingvistikada paradigmalar bir-birini o‘zgartirmaydi, biroq
biri boshqasini to‘ldiradi, ayni paytda biri ikkinchisiga e’tibor bermagan holda
birga yashaydi. An’anaviy tarzda ilmiy paradigma uch turga ajratiladi:
qiyosiy-tarixiy, system-struktur va antroposentrik. Tilshunoslikda ilk ilmiy
paradigma sanaladi. Chunonchi, qiyosiy-tarixiy metod til tadqiqining dastlabki
xususiy metodi bo‘lgan.
Sistem-struktur paradigmada asosiy e’tibor predmetga, narsaga, otga
qaratilgan uchun so‘z diqqat markazida bo‘lgan.
Maqollarning, ayniqsa, mazmun nuqtayi nazaridan kompleks tadqiq etilishi
madaniyatshunoslik, etnolingvistika va etnografiya singari fan sohalari bilan
bevosita bog‘liqdir. Madaniyat, odatda, til vositasida bir avloddan boshqasiga
o‘tadi. Ijtimoiy taraqqiyotning ilk bosqichlarida bu og‘zaki shaklda, jumladan, xalq
17
og‘zaki ijodi, xususan, bunday ijodning eng ko‘zga ko‘ringan janrlaridan biri
bo‘lgan maqollar vositasida amalga oshirilgan.
“Maqollar – xalq og‘zaki ijodi mеrosining eng kеng tarqalgan emas, eng
xarakterli janri hisoblanadi. Xalq tarixi, xarakteri, mehnat faoliyati va turmushining
o‘ziga xosliklari maqollarda muhrlangan yoki qadimiy turmushning toshlarga
qoldirgan izlari singari ishonchli, metaforik tarzda yashiringan. Maqollar, ularni
yaratgan xalq qancha umr ko‘rsa, ming yillar bo‘yi tirik jon kabi saqlanadi.
Maqollarni yuzaga chiqargan xalq tili ham o‘zining obrazli qudrati bilan ming
yillar bo‘yi saqlanib kelaveradi”
12
.
Shuni unutmaslik kerakki
,
maqollar, ularni yaratgan xalqning donoligini
o‘zida mujassam etadi. Xalq donishmandligi haqidagi – yirik bir fan. Buyuk
tajribaga ega bo‘lgan kishilar unga ega bo‘ladilar. Davrining va undan keyingi
asrlarning buyuk donishmandi, eramizdan oldingi IV asrning yirik faylasufi
Aristotel shunday degan edi: “Donishmandlik ba’zi sabablar va ibtidolar haqidagi
fandir... Donishmandlikni, adolat nuqtayi nazaridan ilohiy demoq mumkin va shu
bois donishmandlik, birinchi navbatda, tangriga o‘xshaydi...”
13
Hozirgi paytda maqol deganda: “Kundalik nutqda qisqa, turg‘un, ohang
jihatdan uyushgan, xalqning ko‘p asrlik hayotiy tajribasi aks etgan, tugallangan
jumla (sodda yoki qo‘shma gap)” tushuniladi.
Maqol - jamiyat “parchasi”ning modelidir. Shu bois uni o‘rganmasdan birorta
dunyo jamiyatini tushunishning ma’nosi yo‘q. “Nutqda muqobillik tamoyiliga ko‘ra
ko‘p ma’noda qo‘llanila oladigan qisqa, nutqda mustahkam o‘rnashgan, ritmik
tashkillashgan obrazli nutqqa maqol deyiladi. Mazkur ta’rifda ko‘rsatib o‘tilgan
belgi va alomatlar – qisqalik, turg‘unlik, ritm, ko‘p ma’nolilik va b. Shuningdek,
maqollar to‘g‘risida ularning xalqning ijtimoiy-tarixiy va turmush tajribalarini
umumlashtirishi ham ta’kidlanadi”
14
. Ularning fikricha, maqolning janr sifatidagi
12
Узбекские народные пословицы, поговорки и загадки.-М.: 1985, -С.86.
13
Горький А.М. История русской литературы.-М.:1957,-С.38.
14
Аникин В.П, Круглов Ю.Г. Русское народное поэтическое творчество.-Л.: 1983, -C.116.
18
yagonaligi, agar uning tarixiy kelib chiqishi xalq turmushi, tili va san’atining o‘ziga
xos hodisasi sifatida tahlil etiladigan bo‘lsa, yanada oydinlashadi.
Ilk maqollar qadim zamonlarda paydo bo‘lgan. “Maqollarning paydo bo‘lish
sinoatlari ularning mazmunida yashiringan. Maqollarning ko‘pchiligi insonlar
orasidagi ishlab chiqarish munosabatlari, urf-odatlar maydoniga kirib boradi va shu
maydonning ajralmas qismiga aylanadi. Maqollardagi fikrning she’riy ifodasi
voqelikning ongsiz-badiiy shaklidir”. Maqoldan farqli o‘laroq, “matal – nutqda
emotsional baho uchun mavjud bo‘lgan va bir qator o‘xshash hayotiy hodisalarga
nisbatan muqobillik tamoyiliga ko‘ra qo‘llaniluvchi umumqabul qilingan obrazli
ifodadir. Agar maqol nutqni alohida mazmun, yangi bir butun xulosa bilan
mustahkamlanayotgan bo‘lsa, matal bir tugal fikr (jumla), xulosa ich iga to‘laqonli
bir bo‘lak sifatida kiritiladi”
15
.
XX asrning oxirgi 30-yilida maqollarni tahlil qilishning yangi struktur-
semantik yondashuvi yuzaga keldi. Bu matn lingvistikasi va paremiologiya fan
sohalari taraqqiyoti bilan bog‘liq.
Ilmiy paremiologiyaning asoschilaridan biri G. L. Permyakovdir. Uning
fikricha, “tugallanmagan fikr”ni ifodalovchi majoziy so‘z oborotlariga matallar,
“tugallangan fikr”ni shakllantiruvchi majoziy ma’noli gaplarga maqollar
deyiladi
16
. Maqollarni ham, matallarni ham G. L. Permyakov (bosma qolip
so‘zlar) nazariyasi doirasida ko‘rib chiqadi. Har bir tilning lug‘at zahirasida
murakkab o‘ziga xos qoliplar (klishe) bo‘ladi, ya’ni turg‘un, nutqda tayyor holda
qo‘llaniladigan, bo‘linmas oborotlar mavjud. Bular
(ustasi farang)
shaklidagi
frazeologizm-idiomalar shaklidagi tarkibiy atamalar, har turli maqollar, matallar,
“balandparvoz so‘zlar”, muallifning xalq hikmatli so‘zlari, semiotika (belgilar
haqidagi fan)da oson tafakkur qilinadigan odatiy gazeta va adabiy shtamplar va
boshqalar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, maqollar lingvokulturologiyaning
obyekti sanaladi. Lingvokulturologiya til va madaniyatning o‘zaro tutashgan
15
Аникин В. Круглов.A, Русское народное поэтическое творчество.-Л.:1983, -C.129.
16
Пермяков Г.Л. От поговорки до сказки (Заметки по общей теории клише) –М.: 1970, -C.7.
19
nuqtasini o‘rganadi, buning markazida esa maqollar turadi. Maqollarda
xalqning tarixiy tajribasi, o‘tmishi aks etadi. Maqollar xususida
folklorshunoslikda va tilshunoslikda semantik jihatdan o‘rganilgan.
Dostları ilə paylaş: |