Fiskal hisobotlar tahlili. Reja



Yüklə 66,77 Kb.
səhifə4/8
tarix28.04.2023
ölçüsü66,77 Kb.
#104457
1   2   3   4   5   6   7   8
Fiskal hisobotlar tahlili. Reja

-b
mt = ------------------ ko`rinishini oladi.
1-b(1-t)+ m’
Demak soliqlarni bir miqdorga kamaytirilishi yoki ko`paytirilishi natijasida YAIM xajmining bundan necha marta ko`p miqdorga o`zgarishi iste`molga chegaralangan moyillik, chegaraviy soliq stavkasiga va importga chegaralangan moyillik darajalariga bog’liq.


4. Balanslashgan byudjet mul’tiplikatori.

Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari mul’tiplikatori va soliq mul’tiplikatorini xisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish xajmi modeli kuyidagicha bo`ladi:


Y=(a+I+G+g) - Ta
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’

Aytaylik xukumat o`z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini xam shuncha oshirdi.


Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o`zida bir xil miqdorda o`zgarishi natijasida daromadlarning jami o`zgarishi ΔY mikdori kuyidagiga teng bo`ladi:
ΔY= ΔG - ΔTa
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’

Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko`paysa muvozanatli ishlab chiqarish xajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko`payadi. Buni balanslashgan byujjet mul’tiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujjet mul’tiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo`ladi.


Davlat xarajatlari o`zgarishidan yuzaga keladigan mul’tiplikativ samara soliqlar pasayishidan olinadigan mul’tiplikativ samaradan kattaroq bo`ladi. Bu xolat davlat xarajatlarining daromadlar va is`temol xajmiga ta`siri (soliqlar o`zgarishi ta`siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muxim ro’l o`ynaydi. Agar xukumat davlat sektorini kengaytirmokchi bo`lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o`z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga karatilgan bo`lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko`tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo`l xisoblanadi.


Yüklə 66,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin