Fiskal hisobotlar tahlili. Reja


Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat



Yüklə 66,77 Kb.
səhifə5/8
tarix28.04.2023
ölçüsü66,77 Kb.
#104457
1   2   3   4   5   6   7   8
Fiskal hisobotlar tahlili. Reja

5. Diskret va nodiskret fiskal’ siyosat.

Xukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish xajmi, inflyatsiya sur`atlari va to`lov balansi xolatini o`zgartirishga yo`naltirilgan maxsus qarorlarni kabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldigini maqsadli o`zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal’ siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomati yuzaga keltiriladi. O`z navbatida davriy ko`tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.


Diskret fiskal’ siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muxim ro’l o`ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq, ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo`riqishning paydo bo`lishi, bu xolatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni xal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o`zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta`minlash jarayonlarining xar biri o`rtasida ma`lum vaqt o`tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o`zgaradi va ko`rilgan chora-tadbirlar kutilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosat–davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o`zgartirishni ko`zda tutadi. Nodiskret fiskal’ siyosat o`rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o`rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o`ynaydi. Nodiskret fiskal’ siyosat davriy tebranishlarni yumshatish uchun xukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chikarishni kengaytirishga rag’batni yuzaga kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi to`lovlari miqdori oshadi. Bu xolat xam jami talabni oshirib, jami taklif xajmini oshishiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta`sir ko`rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta`sir ko`rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) xam pasayadi. Ammo nodiskret fiskal’ siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to`liq yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.


Yüklə 66,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin