Fiskal hisobotlar tahlili. Reja


Byudjet ortiqchaligini chegirib olish va byudjet kamomatini moliyalashtirish usullari



Yüklə 66,77 Kb.
səhifə7/8
tarix28.04.2023
ölçüsü66,77 Kb.
#104457
1   2   3   4   5   6   7   8
Fiskal hisobotlar tahlili. Reja

7. Byudjet ortiqchaligini chegirib olish va byudjet kamomatini moliyalashtirish usullari.

Davlat byudjdeti kamomatini moliyalashtirish usullari:


1. Pul-kredit emissiyasi;
2. Davlat zayomlarini chiqarish;
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko`paytirish.
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali to’planganda muomalada pul massasini ko`paytirish inflyatsiyaga olib keladi.
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo`ladi, ya’ni, soliq to`lovchilar tomonidan davlatga to`laydigan soliqlar to`lovini atayin kechiktirish xollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to`lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o`z maxsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo`yishadi. Bu esa inflyatsiyaning oshishiga olib keladi.
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o`z navbatida foiz stavkasini ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari, sof eksport xajmi va qisman iste`mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro`y beradi va u fiskal siyosatning rag’batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo`yadi.
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul xisoblansada inflyatsiya xavfini ma`lum muddatga kechiktiradi xolos. Chunki muddati yetgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko`paytiradi. Bu esa o`z navbatida, baxolar darajasining ko`tarishiga sabab bo`ladi. Soliq tushumlarini ko`paytirish byudjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo`li bo`lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq isloxati o`tkazilishini talab etadi. Bu isloxotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko`proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga o`tkazish orqali soliqlar tushumini ko`paytirishni ko`zda tutadi.
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag’larini olib qo`yish va davlat qarzlarini to`lash kiradi.
Davlat qarzlarini to`lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baxolar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablag’larni muzlatib qo`yish byudjet kamomatini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir.
8. O`zbekiston Respublikasi soliq—byudjet siyosati.
Keyingi yillarda O`zbekiston Respublikasida soliq stavkalarini pasayishi natijasida soliq tushumlari qiskarishi tendentsiyasi saqlanib qoldi. 2004 yilda Davlat byudjeti daromadlari YAIMga 23,7%ni tashkil etdi, bu esa 2003-yilga nisbatan 0,5 foizga,2000 yilga nisbatan 4,8 foizga kamdir . Bu esa iqtisodiyotga soliq yukining izchil kamayayotganligidan dalolat beradi.

Yüklə 66,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin