Fiskal makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 43,21 Kb.
səhifə4/5
tarix23.05.2023
ölçüsü43,21 Kb.
#121000
1   2   3   4   5
Davlatning makroiqtisodiy siyosati

Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-sonli Farmoniga asosan 2021-yil 1-maydan chiqariladi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 06/21/6207/0334-son)
4. Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi negizida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
Belgilansinki, tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi va Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasidagi mablag‘lar Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armalari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
5. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar, ijara to‘lovini to‘lash kechiktirilganligi uchun penya va shartnoma majburiyatlari buzilganlik uchun jarimalar summasi;
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalarni, xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlaridagi aksiyalar (ulushlar)ni, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara va mulk huquqini hamda davlat mulki hisoblanadigan boshqa mulklarni (keyingi o‘rinlarda — davlat aktivlari) sotishdan tushgan mablag‘lar;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ilgari berilgan qarzlar bo‘yicha qarzdorlar tomonidan asosiy summa va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar tarzida qaytarilgan tushumlar;
tuzilgan va bekor qilingan davlat aktivlari oldi-sotdi shartnomalari (bitimlari), berilgan qarzlar bo‘yicha tushgan penyalar va jarimalar;
xo‘jalik jamiyatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatilgandagi davlat ulushi bo‘yicha tushumlar;
auksionlar, tanlovlar (tenderlar) yoki ommaviy ofertalarning oldi-sotdi bayonnomasi yoki shartnomasini imzolashdan bosh tortgan yoki uni rad etgan g‘oliblaridan ushlab qolingan zakalat summalari;
davlat aktivlarini sotishda ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun neustoyka summalari;
Davlat raqobat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ilgari o‘tkazilgan mablag‘lar qaytarilgandagi tushumlar;
Jamg‘arma mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Xalqaro institutlar va tashkilotlarning, yuridik va jismoniy shaxslarning grant mablag‘lari hamda homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. Jamg‘arma mablag‘larini taqsimlash quyidagi nisbatlarda amalga oshirilishi belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
a) davlat mulki ijarasidan tushadigan mablag‘lar davlat mulki hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari bundan mustasno:
40 foiz — davlat mulkini balans saqlovchisiga;
25 foiz — tegishli mahalliy budjet daromadiga;
Oldingi tahrirga qarang.
20 foiz — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markaziga;
(6-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2023-y., 06/23/16/0067-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning (ushbu bandning “v”-“g” kichik bandlari bundan mustasno):
(6-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi PF-13-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 06/23/13/0051-son)
87 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga;
10 foizi — Jamg‘armaga;
3 foizi — Sportni rivojlantirish vazirligi huzuridagi Sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga;
(6-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)

Yüklə 43,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin