Fiskal makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 43,21 Kb.
səhifə5/5
tarix23.05.2023
ölçüsü43,21 Kb.
#121000
1   2   3   4   5
Davlatning makroiqtisodiy siyosati

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
v) hududi 10 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlari (bundan ushbu bandning “v1” kichik bandi mustasno), shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar:
(6-band “v” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi PF-13-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 06/23/13/0051-son)
90 foizi — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda;
10 foizi — Jamg‘armaga;
(6-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y., 06/22/101/0288-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v1) mahalladagi maydoni 2 000 kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan sotishdan tushadigan mablag‘lar tegishli mahallalarning Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armalariga;
v2) xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan davlat aktivlarini (bundan ushbu bandning “v” kichik bandi mustasno) sotishdan tushgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish hududiy jamg‘armasiga;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi PF-13-sonli Farmoniga asosan “v1” va “v2” kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 06/23/13/0051-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara yoki mulk huquqini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlarida Jamg‘armaning umumiy mablag‘lari hisobidan yoki aniq davlat aktivini sotishdan tushgan mablag‘larni boshqa maqsadlarga to‘liq yoki qisman yo‘naltirish ko‘zda tutilgan taqdirda, mazkur bandning “b” — “v2” kichik bandlari mablag‘larning qolgan qismiga nisbatan tatbiq etiladi.
(6-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-yanvardagi PF-13-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.01.2023-y., 06/23/13/0051-son)
7. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari:
xo‘jalik jamiyatlarini xususiylashtirishdan oldin tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga, jalb qilinadigan, shu jumladan xorijiy mutaxassislar va konsalting tashkilotlariga;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’muriy va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan davlat mulki elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish bo‘yicha xarajatlarini qoplashga;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlash, shu jumladan ular tomonidan uy-joy sotib olishlari uchun imtiyozli moliyalashtirish, shuningdek Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarlari va mutaxassislarini o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflanadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ikki oy muddatda yuridik shaxslar hisobi va reyestrini yuritish tizimini takomillashtirish, bunda avvalo davlat korxonalari, ustav kapitalida (fondida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiqni tashkil etuvchi yuridik shaxslar, shuningdek ustav kapitalida (fondida) 50 foiz va undan ortiq ulush 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hisobining yuritilishini ta’minlash yuzasidan amaliy choralar ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda quyidagilar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini kiritsin:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi;
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi;
O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi;
b) Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar iqtisodiyot tarmoqlarini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini cheklaydigan qonunchilik normalarini bekor qilish bo‘yicha takliflarni kiritsin;
v) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar davlat, shu jumladan unitar korxonalarni xatlovdan o‘tkazsin, bunda ushbu korxonalarning faoliyat maqsadlaridan kelib chiqib, ularni davlat muassasalari yoki xo‘jalik jamiyatlariga aylantirish va keyinchalik ularning ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar paketlari (ulushlarini) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazishni ta’minlash;
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda bo‘sh turgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlarni tiklash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ko‘maklashish funksiyalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
10. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi:
a) mazkur Farmonga muvofiq tugatilayotgan tashkilotlar bilan birgalikda ikki oy muddatda ularning mol-mulkini qabul-qilish va topshirishni ta’minlasin;
b) 2019-yil 1-martga qadar tegishli sohalardagi kompleks kamchiliklarni, shuningdek maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar) va ularga erishishning qadamba-qadam mexanizmlarini ko‘rsatgan holda 2019-yil uchun mos ravishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Kapital bozorini rivojlantirish agentligi faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
v) ikki oy muddatda “Elektron hukumat” tizimiga taqdim etilishi va kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar tarkibi bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga kiritsin, shuningdek Loyiha boshqaruvining yagona milliy axborot tizimining belgilangan protokol bo‘yicha platforma formatida majburiy qo‘llanilishini ta’minlasin;
g) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar:
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirishni ta’minlasin.
11. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzurida qimmatli qog‘ozlar bozori ishlashini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazini tashkil etish to‘g‘risida” 1996-yil 26-martdagi PF-1414-son Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5016-son Farmoni.
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-yanvar,

Yüklə 43,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin