3.Davlat byudjeti va uning taqchilligi Davlat byudjeti-bu davlat xarajatlari va ularni moliyaviy qoplash manbalarining yillik rejasidir.
Davlat byudjeti tushunchasi, umumjamiyat miqyosida markazlashgan va davlat ishtirokida to‘plangan va sarflanadigan moliyaviy resurslar harakatini anglatadi.
Byudjetning qaysi darajada ekanligidan qatiy nazar unga uch jihatdan yondoshish mumkin: Iqtisodiy kategoriya, moliyaviy dastak va xuquqiy ktegoriya sifatida.
Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet turli darajada markazlashgan fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlardir.