Molekulyar fizikadan masalalar yechish namunalari (2)
13-masala: Idishdagi gazning harorati 127 0C va bosimi 200 kPa edi. Gazning yarmi idishdan chiqarilib yuborilgandan so’ng harorati 50 0C pasaygan bo’lsa, bosimi qancha bo’lgan?
Berilgan:
Formula:
T1=(127+273) K=400 K
P1=200 kPa=2·105 Pa
ΔT=-50 K
m2=m1/2
_______________________
P2=?
Mendeleyev-Klapeyron tenglamasini gazning boshlang’ich va oxirgi holatlariga qo’llaymiz:
Bu tenglamalardan ikkinchisini birinchisiga hadma-had bo’lib, quyidagi tenglamaga kelamiz:
14-masala: Gaz aralashmasi 32 g kislorod va 22 g karbonat angidrid gazidan iborat. Shu aralashmaning normal sharoitdagi zichligini toping.
Berilgan:
Formula:
m1=32 g
µ1=32 g/mol
m2=22 g
µ1=44 g/mol
T=273 K
P=101,3 kPa
_______________________
ρ=?
Zichlikning ta’rifiga ko’ra:
bu yerda: m=m1+m2-gaz aralashmasining massasi, V-hajmi. Dalton qonuniga binoan gaz aralashmasining bosimi unga kirgan gazlarning parsial bosimlari yig’indisiga teng:
Parsial bosimlarni gaz holati tenglamasi
( Mendeleyev-Klapeyron tenglamasi ) dan foydalanib topish mumkin:
Bu ifodani (1) ga qo’yib, aralashmaning zichligini topamiz:
Hisoblash:
15-masala: Shtern tajribasida atomlarning o’rtacha tezligi 300 m/s va asbobning aylanish chastotasi 20 ayl/s bo’lsa, metall polosaning siljishini toping. katta silindrning radiusi 10 sm, kichik silindrning radiusini e’tiborga olmang.
Berilgan:
Formula:
υ=300 m/s
ν=20 ayl/s
R=0,1 m
r=0
_______________________
S=?
Shtern tajribasida polosaning siljish masofasi:
formuladan topiladi. Bu formulada r=0 ekanini hisobga olib va son qiymatlarni qo’yib, quidagini topamiz: