3. Pedagogning kasbiy kompetentligi. O‘zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o‘ziga xos jihatlari o‘ranilgan bo‘lib, ular orasida B.Nazarova tomonidan olib borilgan tadqiqot o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko‘ra pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizida quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi:
1) maxsus yoki kasbiy kompetentlik(kasbiy faoliyatni yuqori darajada tashkil etish)
2) ijtimoiy kompetentlik(kasbiy faoliyatni hamkorlikda tashkil etish, ijtimoiy mas’ullik)
3) autokompetentlik(o‘zini ijtimoiy-kasbiy rivojlantira olish)
4) ekstremal kasbiy kompetentlik(kutilmagan vaziyatlarda ishlay olish)
Pedagogik kompetentlikning tarkibiy asoslari (B.Nazarova) Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo‘lishda o‘z ustida ishlash, o‘z-o‘zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O‘z-o‘zini rivojlantirish vazifalari o‘zini o‘zi tahlil qilish va o‘zini o‘zi baholash orqali aniqlanadi.
O‘z ustida ishlash – pedagogning izchil ravishda o‘zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etishi.
O‘z ustida ishlash quyidagilarda ko‘rinadi:
- kasbiy BKMni takomillashtirib borish;
- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;
- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;
- ijobiy sifatlarni o‘zlashtirish.
Pedagogning o‘z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi. Ular:
Tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash.
Yutuqlarini boitish, kamchiliklarni yo‘qotish haqida aniq qarorga kelish.
Qarorga ko‘ra amaliy harakatlarni izchil tashkil etish yo‘llarini izlash.
Xato va kamchiliklarni takrorlamaslikka intilish.
Qarorning izchil bajarilishini doimiy nazoraq qilib borish.
Pedagogning o‘z ustida ishlash bosqichlari Pedagogning mutaxassis sifatida:
- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
- pedagogik jarayon samaradorligini, o‘zining ishchanlik faolligini oshirish;
- izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o‘zlashtirish;
- ilg‘or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo‘lish;
- faoliyatiga fan-texnikaning so‘nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish;
- kasbiy ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish;
- salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo‘lida olib boradigan amaliy harakati uning o‘z ustida ishlashini ifodalaydi.
Pedagoglarning o‘z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo‘l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Modelda o‘z ustida ishlash bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi. Har bir bosqich uchun belgilangan vazifalarning samarali hal etilishi navbatdagi bosqichga o‘tish imkonini beradi. Ma’lum bosqich vazifalari hal etilgach, pedagog bu holatni alohida bandda qayd etadi.
Pedagogning o‘z ustida ishlash modeli Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini o‘zi tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi.