Fiziologiyasi va gigiyenasi


A nabolizin va katabolizm



Yüklə 12,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə229/252
tarix22.10.2023
ölçüsü12,82 Mb.
#159515
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   252
Yosh-fiziologiyasi-va-gigiyenasi-Z.Rajamurodov-va-b.

A nabolizin va katabolizm. 
M oddalar almashinuvi jarayoni
yoki metabolizm, bir-biri bilan ju d a yumshoq (nozik) kelishgan 
holda m a'lum navbatlashuv asosida kechadi. Energiya xarajati ta- 
lab qiluvchi biologik sintez reaksiyalari yig'indisi anabolizm deb 
ataladi.
Anabolik jaravonlarga oqsillar, yog'lar, lipoidlar, nuklein kis- 
lotalarining biologik sintezlanishlari kiradi. Bu reaksiyalar hiso- 
biga nisbatan oddiy moddalar hujayralarga tushgach, fermentlar 
ishtirokida organizmning o'zini moddalariga aylanadi. Anabolizm 
o 'z xizmatini о 'tab bo'lgan tuzilm alarning tinimsiz yangilanishi 
uchun zamin yaratadi.
Anabolik jarayonlar uchun zarur bo'lgan energiya katabolizm 
reaksiyalari bilan yetkazib beriladi, reaksiyalar tufayli murakkab
^
r
J O J
www.ziyouz.com kutubxonasi


organik m oddalarning molekulalari parchalanishi natijasida en­
ergiya ajralib chiqadi. Katabolizmning oxirgi mahsuloti bo'lib -
suv, karbonat angidrid gazi, ammiak, siydikchil. sivdik kislotasi 
va boshqalar hisoblanadi, ular hujavralarda navbatdagi biologik 
oksidlanishga uchramaydi va organizmdan chiqarib tashlanadi.
Anabolizm va katabolizm jarayonlari bir-biri bilan chambarchas 
bog'liq. Katabolik jarayonlar anabolizm uchun energiya va dast- 
labki moddalarni yaratib beradi; anabolik jarayonlar o ia y o tg an
hujayralam ing tiklanishi uchun sarflanadigan tuzilmalarni tikla- 
nishiga olib keladi, organizmni o'sish jaravoni bilan bog’liq b o ig a n
yangi to'qim alarning shakllanishiga, hujayralam ing hayot faoliyati 
uchun zarur b o ig a n gormonlar, fermentlar va boshqa birikmalarni 
sintezlanishi uchun hamda katabolizm reaksiyalari uchun parchala­
nishi kerak b o ig a n makromolekulalarni yetkazib beradi.
Barcha m etabolik jarayonlar tabiatan oqsil modda b o ig a n fer­
mentlar tom onidan tezlashtiriladi va boshqariladi. Fermentlar orga­
nizm hujayralarida reaksiyalarni bajarilishini ta'm inlovchi biologik 
katalizatorlar hisoblanadi.

Yüklə 12,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin